Putin Hindistonni uzluksiz yoqilği bilan taminlamoqçi
5-12-2025, 20:15
119 марта

Putin Hindistonni uzluksiz yoqilği bilan taminlamoqçi
Rossiya mamlakatning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotini qöllab-quvvatlaş uçun Hindistonni barqaror yoqilği taminoti bilan taminlaşga tayyor. Bu haqda Prezident Vladimir Putin Hindiston Boş vaziri Narendra Modi bilan uçraşuv yakunlari böyiça çiqişi çoğida malum qildi.“Bizning energetika sohasidagi hamkorligimiz muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Rossiya energiya resurslari va Hindistonning energetika sohasini rivojlantiriş uçun zarur bölgan barça narsalarni işonçli yetkazib beruvçi hisoblanadi. Biz tez suratlar bilan ösib borayotgan Hindiston iqtisodiyotini yoqilği bilan uzluksiz taminlaşda davom etişga tayyormiz”, deya takidladi Rossiya rahbari.
Putinning sözlariga köra, ikki davlat örtasida neft va neft mahsulotlari savdosi, şuningdek, Rossiya neftini Hindiston korxonalarida qayta işlaş muammosiz va rejaga muvofiq davom etmoqda.
Avgust oyida AQŞ Prezidenti Donald Tramp Hindistonning Rossiya neftini xarid qilişiga qöşimça 25 foizlik boj joriy qildi va umumiy tarifni 50 foizga oşirdi. Amerika rahbari, şuningdek, Vaşington xuddi şunday çoralarni Rossiyaning boşqa hamkorlariga ham qöllaşi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Vaziyatni şarhlar ekan, Hindiston Boş vaziri mamlakat öz aholisining iqtisodiy manfaatlarini, garçi bu katta xarajatlarga olib kelsa ham, himoya qiliş niyatida ekanini takidladi.