Ertaga Yerda kuçli magnit böroni kuzatiladi
8-12-2025, 15:46
326 марта

Ertaga Yerda kuçli magnit böroni kuzatiladi
9-10 dekabr kunlari Yerda G2–G3 darajasidagi kuçli magnit böronlari kuzatilişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining Quyoş astronomiyasi laboratoriyasi malum qildi.Mutaxassislarning takidlaşiça, eng kuçli tasir 9 dekabr kuni tuşdan keyin yuzaga kelişi kutilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, magnit maydonidagi buzilişlar 11 dekabrgaça davom etişi mumkin.
Quyoş çaqnaşlari doimiy kuzatiladi, biroq ularning faqat oz qismi Yerga töğridan töğri tasir körsatadi. Yerga oxirgi kuçli zarba taxminan bir oy oldin, 12–13 noyabr kunlari sodir bölgan bölib, öşa paytda G4 darajasidagi magnit böroni qayd etilgan.
Şuningdek, 1 dekabrda kuzatilgan X sinfidagi çaqnaşning plazma buluti Yerga yonma-yon tarzda tegib ötgan va natijada G3 darajasiga yaqin geomagnit faollik kuzatilgan edi. Hozirgi kutilayotgan böron kuçi ham taxminan şu darajada bölişi mumkin.