Frantsiya ham muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga berişga qarşi
8-12-2025, 22:02
99 марта

Frantsiya ham muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga berişga qarşi
Parijga Rossiyaning muzlatilgan suveren aktivlarini Ukraina manfaatlariga yönaltiriş böyiça bosim kuçaymoqda. Frantsiya esa Ukrainani moliyalaştiriş uçun mamlakatdagi xususiy banklarda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanişga qarşi çiqmoqda.Frantsiyada jami 18 milliard yevro Rossiya Markaziy bankiga tegişli mablağlar asosan xususiy banklarda saqlanadi, ammo Parij ularning nomlarini ikki yildan beri maxfiy saqlab kelmoqda.
Frantsiya hukumatining malum qilişiça, xususiy banklardagi Rossiya aktivlari haqidagi malumotlar tegişli qonunlar bilan himoyalangan. Şu sabab ular na uşbu banklarning röyxati, na ulardagi mablağlardan tuşayotgan foizlar haqida malumotni oçiqlaydi.
Boşqa Yevropa davlatlari esa bu vaziyatdan norozi. Ular Frantsiyani malumotni yaşiryotganlikda ayblab, umumiy Yevropa mexanizmlarini işlatişga çaqirmoqda.
Yevrokomissiya Ukrainaga yirik hajmdagi moliyaviy yordamni taminlaş uçun Rossiya aktivlarini garov sifatida qöllaşni taklif qilmoqda. Yangi taklifga köra, Ukrainaga reparatsion kredit beriladi va foyda Rossiya aktivlarini hisobga olib, umumiy Yevropa bankilari orqali taminlanadi. Şuningdek, sxemaga faqat Euroclear emas, balki Frantsiya va boşqa mamlakatlardagi xususiy banklar ham qöşilişi kerak.
Belgiya bu masalani faol qöllamoqda. Unga köra, Euroclear yagona ustidagi yukni kötarib kelmoqda va Rossiya tomonidan ehtimoliy xavflar asosan unga qaratilmoqda.
Parij, garçand Ukraina uçun kredit ğoyasini qöllab-quvvatlasa-da, xususiy banklarda saqlanayotgan aktivlarni sxemaga qöşişga qarşi. Bunga xususiy banklarning Euroclear’dan farqli ölaroq, Rossiya oldida foiz tölaş böyiça turli şartnomaviy majburiyatlari mavjudligi, bazi banklar Rossiya mablağlaridan tuşgan foizlarni özlarida saqlaş imkoniga ega ekani hamda Rossiyaga foiz tölaş majburiyati huquqiy tavakkallarni oşirişi mumkinligi sabab sifatida körsatilmoqda.
Manbalariga köra, Frantsiyadagi 18 mlrd yevroning katta qismi BNP Paribasda saqlanayotgani aytilmoqda. Credit Agricole va Societe Generale ham imkoniy gumondorlar qatorida, ammo uşbu banklar malumot berişdan qatiyan boş tortgan.
Belgiyada ham Euroclear’dan taşqari 7 mlrd yevro xususiy banklarda muzlatilgan.
Euroclear Moskvaga foiz tölaş majburiyatiga ega emas. Uning, 2023 yildagi foydasi – 5,4 mlrd, 2024 yil birinçi yarmidagi foydasi esa 2,4 mlrd yevroni taşkil etdi.
Bu mablağlar Ukrainaga ajratilgan 50 mlrd dollarlik kredit paketini taminlaş uçun işlatilmoqda.
Frantsiya prezidenti mamuriyati, Moliya vazirligi, Markaziy bank – barçasi uşbu masala yuzasidan izoh berişdan boş tortmoqda.
YeI yetakçilari ikki haftadan söng böladigan sammitda uşbu «reparatsion kredit» masalasini muhokama qiladi.