Iskandariya qirğoğida qadimgi Misr qayiği topildi
8-12-2025, 22:05
213 марта

Iskandariya qirğoğida qadimgi Misr qayiği topildi
Iskandariya qirğoğida arxeologlarni hayratga solgan qadimgi Misr qayiği topildi. Qayiqning uzunligi 35 metr bölib, u haşamatli bezatilgan. Topilma miloddan avvalgi 50-yillarga oidligi aniqlandi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.Keltirilişiça, Iskandariya (Alexandria) qadimgi Misrning eng maşhur port şaharlaridan bölib, miloddan avvalgi 331 yilda Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan. Qadimiy dunyoda u ilm-fan, savdo, madaniyat va memorçilik markazi sifatida tanilgan. Iskandariya Ptolomeylar sulolasi hukmronligi davrida özining haşamatli saroylari, ehromlarga teng ibodatxonalari va dengiz böyidagi uluğvor inşootlari bilan şuhrat qozongan. Bu yerda hukmdorlar oilasining qasrlari, madaniy majmualar va diniy markazlar joylaşgan bölgan.
Kema suv ostida qolgan Antirodos oroli yaqinida qadimgi Iskandariyaning ulkan Portus Magnus (Buyuk port) hududida aniqlangan. Topilma miloddan avvalgi 25-30 yillarda Iskandariyaga taşrif buyurgan yunon tarixçisi Strabon öz qölyozmalarida yozgan haşamatli qayiq tarifiga mos kelişi bilan ilmiy jamoatçilikda katta qiziqiş uyğotmoqda. Strabon Misrga qilgan sayohati haqida yozar ekan, bunday qayiqlar borasida şunday degan:
“Bu idişlar haşamatli jihozlangan bölib, qirollik saroyi tomonidan sayohatlar uçun foydalaniladi. Iskandariyadan daryo böylab ommaviy bayramlarga oqib kelayotgan olomon har kuni va keçasi unda sayr qiladi”.