Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi

Peruda arxeologlar yuqori ijtimoiy mavqega ega bölgan yoş ayolning mumiyolangan qoldiqlarini topdi, deb xabar berdi mamlakat Madaniyat vazirligi.
Hozirga qadar saqlanib qolgan mumiyo qariyb 5 ming yil oldingi davrga tegişli ekani taxmin qilinmoqda. U qadimgi Karal-Supe tsivilizatsiyasining (miloddan avvalgi 3000–1800 yillar) markazlaridan biri bölgan Aspero hududidagi qazişmalar vaqtida topilgan.
Ayolning yoşi 25-30 yoş atrofida bölgan. Oradan 5 ming yil ötgan bölsa ham uning terisi, soçlari va tirnoqlari saqlanib qolgan. Mumiyoning jasadi bir neçta matoga öralgan — jumladan, paxta va qamişdan töqilgan böyraga.
Bundan taşqari, qabrda arxeologlar tomonidan «ayolga taqdim etilgan hadyalar» deb atayotgan köplab artefaktlar mavjud. Ular orasida — tört dona qamişdan yasalgan savat, naqşlar tuşirilgan igna, Amazoniya çiğanoği, rang-barang taqinçoqlar bilan bezatilgan tukan tumşuği, jun mato, baliq ovlaş töri, 30 ga yaqin şirin kartoşka tugunagi va töquv asboblari mavjud.
Qabrga qöyilgan buyumlar va mumiyoning dafn libosini tahlil qilgan arxeologlar bu ayol jamiyatda yuqori mavqega ega bölgan degan xulosaga kelişgan. Bungaça Asperoda yana törtta «elita»ga tegişli qabr topilgan edi. Olimlarning fikriça, bu topilmalar qadimgi Karal-Supe tsivilizatsiyasi şakllaniş davrida jamiyatda ijtimoiy taşkilot mavjud bölganidan dalolat beradi.