USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Ukrainani genotsidda ayblab, sudga berdi

94 марта

Rossiya Ukrainani genotsidda ayblab, sudga berdi

Gaagadagi BMT Xalqaro sudi Donetsk va Lugansk viloyatlari aholisiga nisbatan genotsid masalasi böyiça Ukrainaga qarşi Rossiyaning qarşi davosini körib çiqişga qabul qildi. Sudning 5 dekabrdagi qarorida Rossiyaning Genotsidning oldini oliş konventsiyasi böyiça şikoyati qabul qilindi va iş yurituviga qöşilgani aytiladi. Bu haqda keça, 8 dekabr kuni Sud matbuot xizmati xabar berdi.

Sud Ukraina tomonining Rossiyaning qarşi talablarini rad etiş töğrisidagi iltimosini qanoatlantirmadi. Sudning takidlaşiça, Rossiyaning murojaati “ikkinçi taraf davosining mohiyati bilan bevosita boğliq”.
Sud rasmiy bayonotida taraflar öz pozitsiyalarini asosiy masalalar yuzasidan taqdim etişi kerakligi bildirilgan. Ukraina 2026 yil 7 dekabrgaça javob dalillarini, Rossiya esa 2027 yil 7 dekabrgaça etirozlarini taqdim etişi şart qilib belgilandi.


BMT Xalqaro sudi 2024 yil fevralida Ukraina tomonidan 2022 yilda Rossiyaning keng kölamli hujumi boşlanganidan söng berilgan davoni iş yurituviga qabul qilgan. Kiyev bu davoda Moskva Ukrainaning şarqida rus tilli aholiga nisbatan göyo genotsid sodir etilgani haqidagi soxta bahonani uruş boşlaş uçun işlatganini takidlaydi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirişini elon qilar ekan, uruşning maqsadi “Donbass aholisiga nisbatan genotsidni töxtatiş” deb bayonot bergan edi. Kiyev bu ayblovlarni rad etgan va sudga murojaat qilgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva agressiyani oqlaş uçun “genotsid” atamasini manipulyatsiya qilgani uçun javobgarlikka tortilişi kerakligini takidlagan.

Rossiyaning suddagi vakili davoni töxtatişni talab qilgan, çunki Xalqaro sud bu masalani körib çiqişga yurisdiktsiyaga ega emas deb hisoblagan. Sud esa Rossiyaning olti dalilidan beştasini rad etib, faqat bittasini – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi Genotsid konventsiyasini buzgan-buzmaganini sud hal qila olmasligini tasdiqlagan.

Sud, şuningdek, Ukrainaning Rossiya tomonidan “LNR” va “DNR”ni tan oliş masalasi hamda genotsid davosini asos qilib uruş boşlagani böyiça qöygan talablarini körib çiqişdan boş tortgan. Sudning takidlaşiça, bu talablar Genotsid konventsiyasi doirasiga kirmaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: