Trampning Ukraina böyiça tinçlik rejasi elon qilindi
21-11-2025, 09:25
147 марта

Trampning Ukraina böyiça tinçlik rejasi elon qilindi
Ukrainalik deputat Aleksey Gonçarenko AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukraina böyiça tinçlik rejasini elon qildi. Hujjat quyidagi asosiy qoidalarni öz içiga oladi:Hududiy masalalar
- Qrim, Lugansk va Donetsk de-fakto Rossiya hududlari sifatida tan olinadi;
- Xerson va Zaporoje hududlari töqnaşuv çiziği böylab muzlatiladi;
- Ukraina Donetsk oblastining bir qismidan qöşinlarini olib çiqib ketadi. U yerda qurolsizlantirilgan bufer zona taşkil etiladi.
- Ukraina NATOga azo bölişdan boş tortişni konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlaydi;
- Alyans Ukrainani qabul qilmaslikni qonuniy ravişda belgilaydi;
- Ukraina armiyasi soni 600 ming kişi bilan çeklangan;
- Ukraina hududida NATO qöşinlarini joylaştiriş taqiqlanadi;
- Ukraina yadrosiz davlat maqomini mustahkamlaydi.
- Zaporoje atom elektr stantsiyasi MAGATE xalqaro kuzatuvi ostida işga tuşiriladi;
- Işlab çiqarilgan elektr energiyasi Rossiya va Ukraina örtasida teng taqsimlanadi (50/50);
- AQŞ va Ukraina gaz infratuzilmasini, jumladan, quvurlar va omborlarni tiklaş va modernizatsiya qilişda hamkorlik qiladi.
- Rossiya sanktsiyalar bekor qilingan holda jahon iqtisodiyotiga bosqiçma-bosqiç qaytadi;
- Rossiya G8 ga (“Katta sakkizlik”) qaytiş uçun taklifnoma oldi;
- Rossiyaning muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlaridan foydalangan holda Ukrainani tiklaş jamğarmasi taşkil etiladi;
- AQŞ hamda Yevropa Ukraina infratuzilmasi va iqtisodiyotini tiklaşga sarmoya kiritadi.
- AQŞ Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etadi;
- Bitimning bajarilişini nazorat qiliş böyiça Amerika—Rossiya işçi guruhi tuziladi;
- Rossiya Yevropa va Ukrainaga hujum qilmaslik siyosatini qonun yöli bilan mustahkamlaydi;
- Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomalarning amal qilişi uzaytiriladi.
- Harbiy asirlarni töliq almaşiş va garovga olingan fuqarolarni qaytariş amalga oşiriladi;
- Ukraina kelişuv imzolangandan keyin 100 kun ötgaç, saylov ötkazadi;
- Mojaroning barça iştirokçilari uçun töliq amnistiya nazarda tutiladi.
Avvalroq Axios manbalarga tayanib, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ armiyasi vaziri Deniyel Driskoll bilan “qisqa muddatlarda” yangi Amerika tinçlik rejasini imzolaşga kelişib olgani haqida xabar bergan edi. Şuningdek, Zelenskiy Tramp mamuriyati bilan uşbu hujjat ustida işlaşga tayyorligini tasdiqladi.
“RBK-Ukraina”ning yuqori martabali amerikalik amaldorga tayanib aniqlik kiritişiça, “qisqa muddatlar” deganda Trampning hujjatni zudlik bilan imzolaş talabi tuşuniladi.