Trampning odami Ukraina uruşi qaçon tugaşi mumkinligini aytdi
27-08-2025, 23:00
236 марта

Trampning odami Ukraina uruşi qaçon tugaşi mumkinligini aytdi
AQŞ Prezidenti Donald Trampning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytişiça, Rossiya Ukraina bilan öt oçişni töxtatiş böyiça taklif bergan va unga joriy yilning söngiga qadar erişilişi mumkin. Bu haqda u “Fox News”ga bergan intervyusida söz oçdi.“Rossiyaliklar tinçlik taklifini stolga qöydi. U Donetskni öz içiga oladi. Balki bu ukrainaliklar qabul qiladigan narsa emasdir, ammo bunday yutuqqa heç kim erişmagan. Bunga Trampning şaxsiy tasiri va uruşni tugatişga bölgan qatiy istagi sabab böldi. Endi biz uruş yakuni yaqinlaşayotganini köryapmiz”, degan AQŞ vakili.Uning sözlariga köra, şu hafta Nyu-Yorkda Ukraina vakillari bilan uçraşuv ötkaziladi.
“Biz har kuni rossiyaliklar bilan gaplaşyapmiz. Menimça, bu oxir-oqibat Rossiya va Ukraina Prezidentlarining yuzma-yuz uçraşuviga olib kelişi mumkin”, deya qöşimça qilgan Uitkoff.Şuningdek, u Trampning muzokaralarda bevosita iştirok etişi zarurligini takidlagan. Uitkoffning eslatişiça, Putin Alyaskadagi sammitda “agar Tramp Prezident bölganida bu uruş bölmagan bölardi” deganini tan olgan.
“Stol ustida tinçlik taklifi bor. U buni oçiq aytdi va men u şu pozitsiyada qolişiga umid qilaman”, deya tuşuntirgan Stiv Uitkoff.Şu bilan birga, u Ukrainaning qarori muhimligini qayd etgan.
“Er beriş masalasi eng murakkab qarorlardan biri. Bu bilan birga xavfsizlik kafolatlari ham kerak. Ukrainaliklar buni tuşunişga majbur”, degan u.Uitkoff sözining yakunida joriy yilning oxirigaça tinçlikka erişilişi mumkinligini aytgan.