2025 yil Yerdagi ikkinçi eng issiq yil böldi
9-12-2025, 20:05
87 марта

2025 yil Yerdagi ikkinçi eng issiq yil böldi
Bugun, 9 dekabr kuni Yevropaning global isiş monitoringi 2025 yil tarixdagi eng issiq yillardan biri bölganini malum qildi. Sayyora şu yilda rekord darajadagi ikkinçi eng issiq yilni qayd etgan. Bu haqda “France24” xabar berdi.Kopernik iqlim özgarişi xizmati malumotlariga köra, 2025 yil hozirça 2023 yildan keyingi ikkinçi eng issiq yil bölişi prognoz qilinmoqda.
Global harorat sanoatgaça bölgan davrdan 1,5 °C ga oşib ketişi yana bir bor tasdiqlandi. Bu körsatkiç 2015 yilgi Parij kelişuvida “xavfsiz çegaradan yuqori” deyilgan daraja hisoblanadi.
Kopernikdagi iqlim böyiça strategik rahbar Samanta Burgessning aytişiça, 2023–2025 yillar uçun uç yillik örtaça harorat birinçi marta 1,5 °C darajadan oşgan. Bu bosqiçlar şunçaki quruq raqamlar emas, ular iqlim özgarişining qanday suratda kuçayib borayotganini körsatadi.
Kelajakda harorat kötarilişini jilovlaşning yagona yöli issiqxona gazlarini, çiqindixonalarni tez va keskin kamaytiriş kerak. Kopernik malumotlariga köra, ötgan oy tarixdagi uçinçi eng issiq noyabr bölgan. Sanoatgaça bölgan davrdan 1,54 °C yuqori körsatkiç qayd etilgan. Örtaça havo harorati 14,02 °C ni taşkil qilgan.
Bunday kiçik körinadigan özgarişlarning özi ham iqlim tizimini beqarorlaştirayotgani takidlanadi. Mutaxassislar böronlar, toşqinlar va boşqa ofatlar tobora kuçayib, tez-tez takrorlanayotganini aytmoqda.
“Harorat dunyoning deyarli barça hududlarida, ayniqsa Kanada şimolida, Şimoliy muz okeani va Antarktida atrofida odatdagidan yuqori böldi. Rossiyaning şimoli-şarqida ham sezilarli sovuq anomaliyalar kuzatilgan”, deyiladi hisobotda.
Kopernik öz ölçovlarini quruqlikda ham, okeanlarda ham milliardlab suniy yöldoş malumotlari va ob-havo kuzatuvlari asosida amalga oşiradi. Arxiv malumotlari 1940 yillargaça borib taqaladi.