AQŞ Yaponiyani, Rossiya esa Xitoyni qöllab-quvvatlamoqda
10-12-2025, 21:27
214 марта
AQŞ Yaponiyani, Rossiya esa Xitoyni qöllab-quvvatlamoqda6 dekabr kuni Xitoy va Yaponiya örtasida yuz bergan aviaharakat ortidan ikki yirik davlat – AQŞ va Rossiya öz pozitsiyalarini keskin va oşkora namoyiş qila boşladi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Malumotlarga köra, 6 dekabr kuni Xitoyning qiruvçi samolyotlari yapon harbiy samolyotlarini radar bilan nişonga oldi. Bu Şarqiy Osiyoda sönggi yillardagi eng keskin harbiy töqnaşuvlardan biri sifatida qayd etildi. Tokio buni “xavfli va beqarorlaştiruvçi qadam” deb baholadi. Xitoy esa, aksinça, yapon samolyotlarini Xitoy aviataşuvçisining maşğulotlariga xalal berganlikda aybladi.
Ziddiyat fonida Rossiyaning ikki Tu-95 strategik bombardimonçi samolyoti Xitoyning H-6 samolyotlari bilan birga Yapon dengizidan Şarqiy Xitoy dengizi tomon parvoz qilib, Tinç okeani uzra “uzoq masofali qöşma parvoz”ni amalga oşirdi.
Yaponiya Mudofaa vazirligi malumotiga köra, Xitoyning törtta J-16 qiruvçi samolyoti ham uşbu bombardimonçilarni kuzatib bordi. Bundan taşqari, Yapon dengizida Rossiyaning A-50 ogohlantiruvçi samolyoti va ikki Su-30 qiruvçisi aniqlangan.
Yaponiya mudofaa vaziri Şinjiro Koidzumi X (sobiq Twitter)da Rossiya va Xitoyning bunday operatsiyalarini Yaponiyaga nisbatan kuç namoyişi, milliy xavfsizlik uçun esa jiddiy tahdid ekanini takidladi.
Janubiy Koreya harbiylari ham şu kuni Rossiyaning yetti va Xitoyning ikki samolyoti ularning havo hujumidan mudofaa zonasiga kirganini tasdiqladi.
Xitoy va Rossiyaning qöşma amaliyotidan söng, Tokio öz qiruvçilarini havoga kötardi va havo mudofaasi böyiça favqulodda çoralar kördi.
AQŞ Yaponiyani qöllab-quvvatladi
AQŞ Davlat departamenti Xitoyning yapon samolyotlarini radar bilan nişonga olgan harakatlarini keskin qoraladi. AQŞ Yaponiya bilan harbiy-ittifoqçilik aloqalari “har qaçongidan mustahkam” ekanini bildirdi. Tokio esa bu qöllab-quvvatlovni mamnuniyat bilan qabul qildi.
Tayvan prezidenti Lay Çing-te Pekinning harbiy maşğulotlarini “juda noörin xatti-harakat” deb baholab, Xitoyni mintaqada tinçlikka masuliyat bilan yondaşişga çaqirdi.
“Biz Xitoyni yirik davlat sifatida masuliyatli bölişga çaqiramiz. Tinçlik bebahodir; uruşda heç kim ğolib bölmaydi. Tinçlikni barça tomonlar taminlaşi kerak va Xitoy bu masuliyatni baham körişi lozim”, dedi u.