Xavfli jinoyatçi 4-marta qamoqxonadan qoçib ketdi
10-12-2025, 23:17
3 343 марта

Xavfli jinoyatçi 4-marta qamoqxonadan qoçib ketdi
Joriy yilning 7 dekabr kuni jinoyatçilar orasida “qoçiş ustasi” sifatida tanilgan şaxs Yevropadagi qamoqxonadan törtinçi bor muvaffaqiyatli qoçdi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.Naşrning yozişiça, öğrilik va boşqa jinoyatlar uçun 2048 yilning oktyabrigaça ozodlikdan mahrum qilingan 41 yoşli Albaniya fuqarosi Taulant Toma Milan şahridagi qattiq tartibli “Opera” qamoqxonasidan qoçib ketgan. U kameradagi panjaralarni kesib, bir-biriga boğlangan çoyşablar orqali derazadan pastga tuşgan, söngra olti metr balandlikdagi devordan oşib, ğoyib bölgan.
Italiya hukumati keng kölamli qidiruv işlarini boşlagan. Xususan, patrul va çegaralarda nazorat kuçaytirilgan. Tergovçilar mahbus taşqaridan yordam olgan-olmaganini aniqlaş uçun kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni körib çiqmoqda.
Malumotlarga köra, u birinçi bor 2009 yilda Terni şahridagi qamoqdan qoçgan. Eng maşhur hodisa esa 2013 yilda sodir bölgan. Öşa paytda u Parma qamoqxonasini hamroh mahbus bilan birga tark etgan. Italiya politsiyasi uni 40 kun qidirgan, keyin u Belgiyada qölga olingan, biroq Toma ekstraditsiyani kutmasdan yana qamoqdan qoçib ketgan.