Paşinyanning samolyoti Moskvaga qöna olmadi
11-12-2025, 15:32
89 марта

Paşinyanning samolyoti Moskvaga qöna olmadi
Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan samolyoti yopiq havo hududi tufayli Moskvaga qöna olmadi va zaxira aerodromga uçib ketdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.Moskvadagi aeroportlar 11 dekabrga ötar keçasi Ukraina dronlari hujumi sababli yopilgan. Paşinyanning ACJ319 borti qönişga ruxsat berilişini kutib, Tver viloyati ustida deyarli bir soat aylangan. Ammo qönişga ruxsat ololmagan. Oxir-oqibat Armaniston boş vaziri bölgan samolyot Sankt Peterburg şahridagi “Pulkovo” aeroportiga yönaltirilgan va u yerda tungi soat birlarda qöngan.
Armaniston boş vaziri Germaniyaga taşrifidan söng Moskvaga jönab ketgan edi. Rossiya poytaxtida u Yevrosiyo iqtisodiy ittifosi hukumatlararo kengaşi yiğilişida iştirok etadi. Ukraina dronlarining Moskvaga tungi hujumi tufayli poytaxt aeroportlarida 170 dan ortiq reyslar keçiktirildi. Moskva meri Sergey Sobyanin 11 dekabrga ötar keçasi megapolis yaqinida 30 ta dron yöq qilinganini aytgandi.