USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Suniy intellekt yaratuvçilari “Yil odami” böldi

123 марта

Suniy intellekt yaratuvçilari “Yil odami” böldi

AQŞning “Time” jurnali suniy intellekt yaratuvçilarini 2025 yil uçun “Yil odami” deb topdi. Bu haqda jurnalning rasmiy saytida xabar berildi.
Jurnal muqovasida maşhur “Osmonöpar binoda tuşlik” fotosurati uslubida, şahar ustidagi pölat ustiga ötirgan Meta rahbari Mark Tsukerberg, AMD boş direktori Liza Su, X egasi Ilon Mask, Nvidia rahbari Jensen Xuang, OpenAI rahbari Sem Altman, Google’ga qaraşli suniy intellekt kompaniyasi – DeepMind boş direktori Demis Xassabis, Anthropic rahbari Dario Amodey va ImageNet asosçisi Fey-Fey Li tasvirlangan.

“Bu hikoya suniy intellektning 2025 yilda dunyomizni yangi, hayratlanarli, bazan esa qörqinçli tarzda qanday özgartirgani haqida. Bu hikoya Xuang va boşqa texnologik gigantlarning tarix yönalişini boşqargani, axborot makonini, iqlimni va tirikçiligimizni özgartiruvçi texnologiyalarni işlab çiqqani haqidagi voqea. Ular davlat siyosatini qayta yönaltirdi, geosiyosiy raqobatni özgartirdi va robotlarni uylarimizga olib kirdi. Suniy intellekt yadro quroli paydo bölganidan beri buyuk davlatlar örtasidagi raqobatdagi eng muhim vositalardan biriga aylandi”, deb yozadi naşr.

Qayd etiş joiz, Tsukerberg (2010), Tramp (2016), Harris (2020; Bayden bilan birga) va Mask (2021) oldin ham “Yil odami” sifatida tanlangan. 2022 yilda unvon “Ukraina ruhi” va mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiyga nasib etdi. 2023 yilda “Time” jurnali amerikalik qöşiqçi Teylor Sviftni “Yil odami” sifatida tanladi.

“Time” – 1923 yildan beri naşr etiladigan Amerika jurnali. Naşrning barça platformalardagi umumiy auditoriyasi 2023 yil mart holatiga köra, 100 million kişidan oşdi. 1927 yildan beri jurnal özining dekabr sonida yil odamini elon qiladi va uning suratini muqovaga qöyadi. Muayyan şaxsdan taşqari, u odamlar guruhi yoki tuşunçasi ham bölişi mumkin. Qaror tahririyat tomonidan qabul qilinadi. Unga köra, unvonni oluvçi sönggi 12 oy içida dunyoga sezilarli tasir körsatgan bölişi kerak – va bu ijobiy bölişi şart emas.

Yillar davomida Maxatma Gandi, Adolf Gitler, Iosif Stalin, Uinston Çerçill, Martin Lyuter King, çaqaloq boomers, Apollon 8 astronavtlari, şaxsiy kompyuter, Mixail Gorbaçev, Bill Klinton, Jeff Bezos, şuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham “Yil odami” bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: