USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ramzan Qodirov hokimiyatdan töyib ketganini aytdi

347 марта

Ramzan Qodirov hokimiyatdan töyib ketganini aytdi

Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov hokimiyatdan töyganini aytdi. Bu haqda u keça, 14 dekabr kuni jurnalistlar savoliga javoban malum qildi.

Qodirov 2026 yilda qayta saylaniş ehtimoli haqidagi savolga javoban u hokimiyat va xalqqa xizmat qilişdan töyib ketganini aytgan. 
“Agar mendan sörasangiz, men bu hokimiyatdan ham, xalqqa xizmat qilişdan ham töyib ketdim. Menimça, yangi kuçlar, yangi odamlar qiziqroq bölardi, vaziyat ham yaxşilanardi, agar boşqa odamlar bölsa”, degan Qodirov. 
Şu bilan birga, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin taklif etsa va xalq qöllab-quvvatlasa, saylovda qatnaşişini bildirgan. Qodirov, şuningdek, umrining oxirigaça xalqqa xizmat qiliş yölidan çekinmasligini takidlagan.

Ramzan Qodirov Çeçeniston Respublikasiga 2007 yil 5 aprelidan beri rahbarlik qilib kelmoqda va hozirda Rossiya hududlari orasida eng uzoq muddat lavozimda qolayotgan rahbar hisoblanadi. U oxirgi marta 2021 yil sentyabr oyida qayta saylangan bölib, öşanda 94,42 foiz iştirokda 99,7 foiz ovoz töplagan. Qodirovning vakolat muddati 2026 yilda yakunlanadi.
2022 yil sentyabr oyida u lavozimda uzoq qolib ketganini va “çeksiz hamda uzoq tatil”ga loyiq ekanini aytgan edi. Öşanda u bu fikri tuşunilib, qöllab-quvvatlanişiga umid bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: