9-sinf öquvçisi yomon baho uçun öqituvçini piçoqladi
16-12-2025, 22:57
2 193 марта

9-sinf öquvçisi yomon baho uçun öqituvçini piçoqladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri Krasnogvardeysk tumanidagi maktabning 9-sinf öquvçisi öqituvçini piçoqladi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligining şahar va Leningrad viloyati böyiça Boş boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Voqea keça, 15 dekabr kuni tonggi soat 07:09 da sodir bölgan. Tuman politsiyasiga voyaga yetmagan öquvçi maktabga piçoq bilan kelib, 29 yoşli öqituvçini piçoqlagani haqida xabar kelib tuşgan. Hodisaga öqituvçining öquvçiga yomon baho qöygani sabab bölgan. Öqituvçi olgan tan jarohati oqibatida şifoxonaga yotqizilgan.
Keyinçalik öquvçi öz joniga qasd qilişga uringan, ammo politsiya tomonidan buning oldi olingan.
“Öquvçi öqituvçi bilan kelişuvga köra soat 07:00 da testni töğrilaş uçun kelgan. Öqituvçi unga qaramay turganda, u ayolni piçoqlagan. Keyin ösmir özini piçoqlagan va hozir şifoxonaga olib ketilgan. Voqea sodir bölganda maktabda boşqa heç kim bölmagan”, deb yozmoqda mahalliy matbuot.Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi Sankt-Peterburg şahri böyiça Boş tergov boşqarmasining Krasnogvardeysk tumani böyiça tergov boşqarmasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi va 105-moddasi 1-qismi (qotillikka uriniş) böyiça jinoyat işi qözğatdi.
Sodir bölgan jinoiy holat ortidan Sankt-Peterburg talim qömitasi talim muassasalariga xavfsizlik tizimlarini kuçaytirişni buyurdi. Psixologik, pedagogik, tibbiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş markazlariga öquvçilar va ularning oilalari bilan profilaktika işlariga alohida etibor beriş tavsiya qilindi.