USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Moskvadagi maktabda ösmir piçoqbozlik uyuştirdi. Qurbon bor

960 марта

Moskvadagi maktabda ösmir piçoqbozlik uyuştirdi. Qurbon bor 

Bugun, 16 dekabr kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi maktablardan birida 9-sinf öquvçisi boşqa öquvçilarga piçoq bilan hujum qildi. Hodisa oqibatida tojik millatiga mansub öquvçi halok bölgani aytilmoqda. Bu haqda REN TV xabar berdi.

Telekanalga köra, voqea Odintsovo şahri yaqinidagi Gorki-2 posyolkasida joylaşgan Uspenskaya maktabida sodir bölgan. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar işlamoqda, maktabga bir neçta tez yordam maşinalari yetib borgan.
Guvohlarning RIA Novostiga aytişiça, maktabdagi barça öquvçilar evakuatsiya qilingan. Dastlabki malumotlarga köra, ösmir piçoq bilan qöriqçi va bir nafar öquvçiga zarba bergan. Bola olgan jarohati oqibatida vafot etgan.



ŞOT Telegram-kanali hujum qilgan ösmir öquvçilardan biri bilan sinfxonaga berkinib olganini yozdi. Garovga olingan bola jabrlanmagan. Umuman olganda, bir nafar bola halok bölgani va uç kişi jarohat olgani aytilmoqda.
Sönggi malumotlarga köra, maxsus kuçlar hujumçini şturm orqali qölga olgan. 
Dastlabki taxminlarga köra, u şu maktabning 9-sinf öquvçisi bölgan. Internetda uni politsiya maşinasiga olib ketilayotgan paytdagi kadrlar tarqaldi – u ust kiyimsiz bölgan.

Rossiya Tergov qömitasi Moskva viloyatida maktabda yuz bergan hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatilganini malum qildi.

“Bugun ertalab Odintsovo şahar okrugiga qaraşli Gorki-2 posyolkasidagi talim muassasalaridan birida voyaga yetmagan şaxs qöriqçi va bir nafar öquvçiga piçoq bilan zarba bergan. Olingan jarohat oqibatida bola vafot etgan”, deyiladi Tergov qömitasi bayonotida.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: