Erdöğanning xalqi tomonidan öldirilişiga işora bergan jurnalist 4 yilga qamaldi
17-12-2025, 19:10
210 марта
Erdöğanning xalqi tomonidan öldirilişiga işora bergan jurnalist 4 yilga qamaldiTurkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanni nişonga olganlikda va ijtimoiy tarmoq akkauntlarida joylaştirilgan dasturda tahdidli sözlarni işlatganlikda ayblanib, joriy yilning 22 iyun kuni hibsga olingan jurnalist Fotih Altayli işi böyiça sud qarori elon qilindi. U Erdöğanga suiqasd qurboni bölişi yoki öldirilişi mumkinligi bilan tahdid qilgani uçun tört yil-u ikki oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Istanbulning 26-jinoiy sudi tomonidan qabul qilingan qarorda Altayli özining YouTube’dagi postlarida Prezident Rajab Toyib Erdöğanga suiqasd qurboni bölişi yoki öldirilişi mumkinligi bilan tahdid qilgani takidlangan.
Bugun elon qilingan asosli hukmda “sudlanuvçining harakatlari Prezidentga qarşi “boşqa jismoniy tajovuz” doirasida baholangan” deyilgan.
Bundan taşqari, “sudlanuvçining bayonotlari qonuniy tartibni kuç bilan özgartirişga, nafrat, kamsitiş, adovat va zöravonlikni keltirib çiqarişga qaratilgan ifodalar doirasiga kiradi, şuning uçun fikr va söz erkinligi doirasida baholanişi mumkin emas”, degan xulosa ilgari surilgan. Sud şuningdek, “sudlanuvçining bayonotlari zöravonlikni qözğatadigan xususiyatga ega va şuning uçun matbuot va söz erkinligi doirasida baholanişi mumkin emas” deb hisoblaydi.
Hibsga oliş çorasi uçun “qoçiş gumoni” ham sabab sifatida keltirildi.
Oltoyli 20 iyun kuni YouTube’dagi jonli efir paytida bergan bayonotlari uçun 22 iyun kuni hibsga olindi va keyinçalik Silivridagi Marmara qamoqxonasiga jönatildi.
62 yoşli jurnalist olti oydirki qamoqda saqlanmoqda. 26 noyabr kuni bölib ötgan ikkinçi sud majlisida sud Oltoylini qamoq jazosiga hukm qildi va uni hibsda saqlaşni davom ettirişni buyurdi.
Videoda Oltoyli Prezident Erdöğanning “umrbod hukmronligi” haqidagi sörovnomaga izoh berar ekan, şunday degandi:
“Uzoq ötmişga qarang: bu xalq öz sultonlarini böğib öldirgan. Ular ularni yoqtirmaganlarida, xohlamaganlarida. Öldirilgan, suiqasd qilingan yoki böğib öldirilgan yoki ölimlari öz joniga qasd qilişga öxşatilgan köplab Usmoniy sultonlari bor”.