Tramp ikki davlat muxlislarining JÇga borişini taqiqladi
17-12-2025, 21:32
136 марта

Tramp ikki davlat muxlislarining JÇga borişini taqiqladi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp ikki Afrika davlati – Senegal va Kot-d’Ivuar fuqarolarining 2026 yilgi Jahon çempionatiga taşrif buyurişini çeklaşi mumkin bölgan yangi sayohat taqiqnomasini imzoladi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.Manbaga köra, uşbu taqiq iş yoki turizm maqsadida qisqa muddatli taşriflarni ham qamrab oladi, yani Jahon çempionatiga boriş uçun ruxsat söragan muxlislar rad etilişi mumkin.
Senegal terma jamoasi mundialda “I” guruhida Frantsiya, Norvegiya va Boliviya/Iroq/Surinam pley-off ğolibi bilan kuraş olib boradi. Ularning Frantsiya va Norvegiyaga qarşi öyinlari AQŞning “Metlayf” stadionida bölib ötadi, pley-off ğolibiga qarşi öyinni esa Kanadaning Toronto şahrida ötkaziş rejalaştirilgan.
Kot-d’Ivuar terma jamoasi esa “E” guruhida Germaniya, Ekvador va Kyurasao bilan bir guruhda öynaydi. Ekvador va Kyurasaoga qarşi öyinlar AQŞda, Germaniya bilan öyin esa çeklovsiz Kanadada böladi.
Tramp farmonida terma jamoalar futbolçilari, xodimlari va yaqin oila azolari uçun istisnolar mavjud. Ammo yangi qoidalar ikki mamlakatning ön minglab muxlislar uçun jiddiy tösiq hisoblanadi. Senegal va Kot-d’Ivuardan taşqari bu röyxatda Eron va Gaiti ham bor, ularning muxlislari ham turnirda öz mamlakatlarini kuzatib bora olmaslik xavfi ostida.