USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kumuş narxi rekord darajada kötarildi

105 марта

Kumuş narxi rekord darajada kötarildi 

Jahon bozorlarida qimmatbaho metallar ketma-ket haftalik ösişni namoyiş etmoqda. Ayniqsa, kumuş narxi rekord darajaga kötarilib, investorlar etiborini yana bir bor uşbu metallga qaratdi. Bu haqda “Market Screener” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hafta oxiriga kelib kumuş narxi untsiyasi uçun 67,45 dollarga yetib, tarixiy rekordni yangiladi. Spot kumuş 2,6 foizga qimmatlab, 67,14 dollar darajasida baholandi. Natijada haftalik ösiş 8,4 foizni taşkil etdi. Mutaxassislar buni kuçli investitsiya talabi va bozor taklifining çeklangani bilan izohlamoqda.


Şu bilan birga, oltin narxi ham ösiş suratini saqlab qoldi. Spot oltin 0,4 foizga kötarilib, untsiyasi uçun 4 347,07 dollarni taşkil etdi. Haftalik hisobda esa oltinning daromadi 1,1 foizga yetdi. AQŞ oltin fyuçerslari ham 0,5 foizga ösib, 4 387,3 dollarga baholandi.

“US Global Investors” kompaniyasining boş treyderi Maykl Matousekning sözlariga köra, odatda oltin va kumuş özaro çambarças boğliq bölsa-da, sönggi ikki oy içida bozorda yetakçilikni aynan kumuş qölga olgan. Bunday holatda investorlar qisqa muddatli istiqbolda oltinni yana diqqat markaziga olib çiqişi mumkin.

Yil boşidan buyon kumuş narxi 132 foizga oşdi, bu esa oltinning 65 foizlik ösişidan deyarli ikki barobar yuqori. “Blue Line Futures” kompaniyasi boş bozor strategi Filipp Streibl buni ETF oqimlarining faolligi va çakana investorlarning spekulyativ harakatlari bilan boğlamoqda.

Makroiqtisodiy körsatkiçlar ham qimmatbaho metallar uçun qulay muhit yaratmoqda. Xususan, AQŞda noyabr oyida istemol narxlari indeksi yillik hisobda 2,7 foizga oşdi, bu esa iqtisodçilarning 3,1 foizlik prognozidan past böldi. Bundan taşqari, işsizlik darajasi 4,6 foizga kötarilib, 2021 yil sentyabridan buyon eng yuqori darajaga çiqdi.

Mutaxassislarning fikriça, inflyatsiyaning sekinlaşuvi va mehnat bozoridagi zaiflaşuv Federal Rezervni pul-kredit siyosatini yumşatişga undovçi asosiy omillar bölib qolmoqda. LSEG malumotlariga köra, treyderlar kelasi yilda kamida ikki marta 25 bazaviy punktlik foiz stavkasi pasaytirilişini kutmoqda.

Boşqa qimmatbaho metallar ham ijobiy dinamikani körsatdi. Platina narxi 18 dekabr kuni 17 yillik eng yuqori darajaga yaqinlaşib, 19 dekabr kuni 3,1 foizga ösdi va 1 975,51 dollarga yetdi. Palladiy esa qariyb uç yillik eng yuqori körsatkiçga yaqinlaşib, 0,8 foizga kötarildi va 1 709,75 dollar darajasida savdolandi. Har ikkala metall ham haftani ösiş bilan yakunladi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: