Rossiya armiyasiga hindistonliklar ham yollangani malum böldi
21-12-2025, 18:50
85 марта
Rossiya armiyasiga hindistonliklar ham yollangani malum böldiHindiston Taşqi işlar vaziri Kirti Vardxan Singx mamlakat parlamentiga taqdim etgan yozma javobida Rossiya Qurolli kuçlari safiga 202 nafar Hindiston fuqarosi yollanganini malum qildi. Bu haqda “the Economic Times” xabar berdi.
Vazirning aytişiça, hukumatning muvofiqlaştirilgan say-harakatlari natijasida 119 nafar fuqaro muddatidan oldin böşatilgan. Rossiya tomoni bergan malumotlarga köra, 26 kişi halok bölgan, 7 nafar fuqaro bedarak yöqolgan. Hozirda yana 50 nafar hindistonlikni muddatidan oldin xizmatdan ozod etiş böyiça işlar davom etmoqda.
Şuningdek, Taşqi işlar vazirligi 10 nafar halok bölgan fuqaroning jasadini Hindistonga qaytariş, ikki nafar fuqaroning jasadini krematsiya qilişda yordam körsatgan. Bundan taşqari, halok bölgan yoki bedarak yöqolgan 18 nafar hindistonlikning oila azolaridan olingan DNK namunalari şaxsini aniqlaş maqsadida Rossiya rasmiylariga topşirilgan.
Hindiston rasmiylari takidlaşiça, ayrim fuqarolar iş takliflari yoki Rossiya oliy öquv yurtlariga kirişda yordam beriş vadalari orqali aldov yöli bilan jangovar harakatlarga jalb etilgan. 2024 yil mart oyida Hindiston Markaziy tergov byurosi yoşlarni ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy agentlar orqali yollagan tarmoq foş etilganini malum qilgan.
2024 yil iyul oyida Hindiston Boş vaziri Narendra Modi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvda aldov yöli bilan xizmatga jalb etilgan hindistonliklarni muddatidan oldin böşatiş masalasini kötargan. Şundan söng, Hindiston TIV 45 nafar fuqaro Rossiya armiyasidan böşatilgani, 50 nafari hanuz xizmatda qolayotganini bildirgan.