Germaniyada 1000 dan ortiq şubhali dron parvozlari qayd etildi
22-12-2025, 23:29
218 марта

Germaniyada 1000 dan ortiq şubhali dron parvozlari qayd etildi
Germaniya Federal jinoiy politsiya boşqarmasi rahbari Xolger Myunx 2025-yilda mamlakat osmonida 1000 dan ortiq şubhali dron parvozlari röyxatga olinganini malum qildi. Bu haqda Deutsçe Welle xabar berdi.Boşqarma rahbari dronlarning tez-tez köriniş berişini jiddiy xavf-xatarli vaziyat deb atadi. Germaniya kantsleri Fridrix Mers oktyabr oyida mamlakat hududi ustidagi köplab dron parvozlari ortida Rossiya turganiga işonişini bildirgan edi.
Xolger Myunx barça şubhali dronlar Rossiya tomonidan boşqarilayotganini “100 foiz işonç” bilan aytib bölmasligini, biroq ularning ortida Germaniyada beqarorlik va noaniqlik uruğini soçişni közlagan qaysidir davlat subekti turganini taxmin qilmoqda.
Aeroportlar va harbiy bazalar nişonda
Şubhali dronlar 2025-yilda Germaniya aeroportlari faoliyatiga jiddiy zarar yetkazgan. Jumladan, Myunxen aeroporti 3 oktyabr kuni maşhur Oktoberfest festivali paytida dronlar sababli barça parvozlarni töxtatişga majbur bölgan. Berlin Brandenburg aeroporti esa noyabr oyida nomalum dronlar aniqlangani sababli öz faoliyatini qariyb ikki soatga töxtatgan edi.
Şuningdek, uçuvçisiz apparatlar tez-tez harbiy obektlar ustida ham köriniş bermoqda. Der Spiegel naşrining yozişiça, 13 oktyabr kuni Rostok şahri yaqinidagi Gnoyen bazasida törtta dron qayd etilgan. Malumotlarga köra, öşa paytda uşbu bazada ukrainalik askarlar maşğulot ötayotgan bölgan.
Germaniyaning yangi anti-dron strategiyasi
Germaniya rasmiylari bunday tahdidlarga qarşi samaraliroq kuraşiş çoralarini körmoqda. Içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt 17 dekabr kuni Berlinda Dronlarga qarşi kuraş böyiça qöşma markazni oçgan. Tuzilma sutka davomida töxtovsiz işlab, federal va ştat darajasidagi texnik tajribani birlaştiradi. Şuningdek, markaz orqali vaziyatni birgalikda baholaş va muvofiqlaştirilgan harakatlar taminlanadi.
Bundan taşqari, Dobrindt aeroportlar va strategik obektlarga yordam beruvçi maxsus dron mudofaasi bölinmasini taşkil etişga körsatma berdi. Germaniya Qurolli kuçlari (Bundesver) esa dronlar tödasiga qarşi kuraşişda samarali bölgan maxsus zenit tanklariga buyurtma berdi.