Tojikiston-Afğoniston çegarasida yana otişma böldi. Qurbonlar bor
25-12-2025, 13:14
319 марта

Tojikiston-Afğoniston çegarasida yana otişma böldi. Qurbonlar bor
Keça, 24 dekabr kuni Tojikistonning Şamsiddin Şoxin tumani Bahorak hududidagi Tojikiston-Afğoniston çegarasida töqnaşuv yuz berdi. Bu haqda “8am.media” xabar berdi.Mahalliy manbalarga köra, töqnaşuv Tojikiston çegaraçilar va Afğonistondan kelgan qurolli kontrabanda guruhlar örtasida bölgan.
Tajikiston tomondan ikki ofitser halok bölgan. Ular – 28 yoşli Ismatullo Qurbonov va 33 yoşli Zirebon Navruzbekov.
Manbalar, şuningdek, bir nafar tojik askari ham halok bölganini bildirgan, ammo bu rasman tasdiqlanmagan.
Boşqa bir manba Afğonistondan bölgan beş nafar kontrabanda azosining halok bölgani, birini esa qölga olinganini aytgan. Yana bir manba esa umumiy kontrabanda azolarini 8 kişi deb hisoblagan, ulardan tört nafari qoçgan.
Şu kuni Tojikiston çegara hududida törtta yangi nazorat-ötkaziş punkti oçilgan. Prezident Imomali Rahmon onlayn tarzda tadbirda iştirok etgan.
Oxirgi yillarda çegara böyiça jami 80 punkt qurilgan, ayrimlari xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar iştirokida yaratilgan.