USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tojikiston çegaraçilari va “Tolibon” örtasida otişma böldi – OAV

103 марта

Tojikiston çegaraçilari va “Tolibon” örtasida otişma böldi – OAV

Tojikiston va Afğoniston örtasidagi çegara hududida Tojikiston çegaraçilari hamda Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati kuçlari örtasida qurolli töqnaşuv sodir böldi. Hodisa joriy yilning 25 oktyabr kuni Şamsiddin Şohin tumanida yuz bergan. Bu haqda “8 subh” naşri xabar berdi.

Naşrga köra, otişma Tojikistonning Şamsiddin Şohin tumani va Afğonistonning Badaxşon viloyatidagi Şahri-Buzurg tumani orasida joylaşgan Dovang qişloğida sodir bölgan.
Dastlabki malumotlarga köra, mojaroning sababi Panj (Amudaryo) daryosining öz oqimini özgartirgani bölgan. Uşbu daryo ikki davlat örtasidagi tabiiy çegara hisoblanadi va bu masala ilgari ham tomonlar örtasida bahslarni keltirib çiqargan.

OAV xabarlariga köra, töqnaşuv oltin qazib olinadigan hududda bölib ötgan. U yerda Xitoy kompaniyalari ham faoliyat yuritadi.
Manbalarning bildirişiça, otişma qurbonlarga sabab bölgan, biroq halok bölgan va yaralanganlar soni malum emas. Qaysi tomonda talofatlar borligi ham hozirça nomalum. 
Jurnalistlarning Tojikiston Çegara qöşinlaridan izoh olişga urinişlari samarasiz bölgan. “Tolibon” ham hozirça rasmiy bayonot bermagan. “8 subh” xabariga köra, otişmadan söng muvaqqat hukumat vakillari Badaxşonning yangi gubernatori Ismoil Ğaznaviy bilan yiğiliş ötkazgan va unda çegara hududidagi vaziyat muhokama qilingan.
Şahri-Buzurg tumani avval ham “Tolibon” harbiylari va tojikistonlik çegaraçilar örtasidagi qurolli töqnaşuvlarga guvoh bölgan. Biroq ilgariroq “Tolibon” matbuot kotibi Zabihullo Mujohid Afğoniston va Tojikiston örtasidagi çegara “xavfsiz va töliq nazorat ostida” ekanini takidlagan.
“Har ikki tomon ham xavfsizlik uçun masul, biz öz majburiyatlarimizni bajaryapmiz”, degan u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: