1 apreldan öqituvçi va şifokorlarning maoşi 100 foizga oşadi. Qirğizistonda!
26-12-2025, 10:16
566 марта

1 apreldan öqituvçi va şifokorlarning maoşi 100 foizga oşadi. Qirğizistonda!
Qirğizistonda 2026 yil 1 apreldan boşlab öqituvçilar va tibbiyot xodimlarining maoşlari 100 foizga oşiriladi. Bu haqda bugun, 25 dekabr kuni Prezident Sadir Japarov Xalq qurultoyida elon qildi.Japarov öqituvçilar va şifokorlarga bölgan hurmat kuçli davlatning poydevori ekanligini aytdi.
“Öqituvçilar millat kelajagini şakllantiradi, şifokorlar esa odamlarning soğliği va hayotini himoya qiladi. Biroq bugungi kunda biz köpinça ularga nisbatan qöpollik, hurmatsizlik va hatto bazan zöravonlikka duç kelamiz. Bu madaniyatsizlikning eng yuqori darajasi. Biz bu ikki muqaddas kasbni munosib obrösi va yuqori ijtimoiy mavqeiga qaytarişimiz kerak”, dedi Prezident.Şu munosabat bilan u öqituvçilar va tibbiyot xodimlarining iş haqi 2026 yil 1 apreldan boşlab oşirilişini takidladi.
Japarovga köra, hozirda öqituvçilarning örtaça maoşi 26 ming qirğiz somi (taxminan 3,5 mln özbek sömi)ni taşkil etadi. 2026 yil 1 apreldan boşlab, oşirilgandan söng, u taxminan 52 ming qirğiz somi (taxminan 7 mln söm)ni taşkil qiladi. Davlat rahbarining takidlaşiça, öqituvçilarning maoşlari ularning talim darajasi, öqitiş tajribasi, malaka toifasi, geografik joylaşuvi, öqitiladigan fan va haftalik öquv yuklamasiga qarab belgilanadi.
Şunday qilib, şahar umumtalim maktabida öqituvçilik tajribasiga ega bölmagan va örta pedagogik malumotga ega bölmagan yoş öqituvçining maoşi 1 apreldan boşlab 36 800 som (5 mln söm)ni taşkil etadi, soliqlar va ijtimoiy suğurta badallari tölangandan keyin esa ular taxminan 31 200 som (4 mln 200 ming söm) oladi.
Şuningdek, şifokorlarning örtaça maoşi hozirda 31 500 somni (4,3 mln söm) taşkil etadi va 1 apreldan boşlab u 62 500 somga (8,6 mln söm) yetadi, şifokorlar esa soliqlardan söng taxminan 50 000 som (6,9 mln söm) miqdorida sof daromad oladi.
Çekka toğli hududda 30 yillik tajribaga ega, töliq iş kunida işlaydigan yuqori darajadagi şifokorning maoşi 91 700 som (12,6 mln söm)ni, soliqlardan söng esa taxminan 75 700 som (taxminan 10,4 mln söm)ni taşkil qiladi.
Bundan taşqari, kelgusi yilning 1 aprelidan boşlab har bir lavozim uçun 5000 som (680 000 söm) miqdorida qöşimça prezidentlik kompensatsiyasi joriy etilişi belgilandi.