USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Yura Unitaz” Rossiya dron qöşinlariga rahbar böldi – BBC

341 марта

“Yura Unitaz” Rossiya dron qöşinlariga rahbar böldi – BBC 

Rossiya Qurolli kuçlarining uçuvçisiz tizimlar qöşinlariga, ehtimol, Elektrostaldan çiqqan biznesmen va volontyor Yuriy Vaganov qömondon etib tayinlangan. Bu haqda avval uruş blogerlari tarqatgan malumotni Rossiya dronsozlik sohasidagi manbalar BBC Rus xizmatiga tasdiqlagan, deb yozadi mediakompaniya 26 dekabr kuni.

“Qömondon etib “maxsus harbiy operatsiya”da juda köpçilikka “Yura Unitaz” laqabi bilan taniş bölgan şaxs tayinlandi”,  dedi strim vaqtida harbiy ekspert, zaxiradagi 3-rang kapitani Maksim Klimov.
BBC malumotlariga köra, 1982 yilda Stepanakertda tuğilgan Vaganovda harbiy malumot yöq. Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqinidan oldin u Elektrostalda santexnika mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan, şu sababli “Yura Unitaz” laqabini olgan. 2022 yil bahoridan u Donbassga “gumanitar yuklar” olib borişni boşlagan.
“Uruş yillari davomida Vaganov turli-tuman aloqalarga ega bölib ulgurdi va Rossiya armiyasi uçun FPV-dronlarning asosiy yetkazib beruvçilaridan biriga aylandi. “Sudoplatov” bataloni bazasida “Sudoplatov — qiyomat kuni” deb ataluvçi dronlar işlab çiqarilişi yölga qöyildi”, deyiladi BBC Rus xizmati maqolasida.
Naşrda Vaganovning yangi lavozimga tayinlanişiga salbiy munosabat bildirgan Z-blogerlar fikrlari ham keltiriladi. Ularga köra, Vaganovning maqsadi samarali jang qiliş emas, balki öz mahsulotini qöşinlarga sotişdir. Xususan, Z-bloger Svyatoslav Golikov Vaganov Mudofaa vaziri örinbosari Aleksey Krivoruçko bilan birga işlaşini va ularning munosabatlari “dron vositalarini rivojlantiriş va zamonaviy uruşda qöllaş haqida emas, balki faqat tijorat haqida” ekanini aytgan.

Rossiya Qurolli kuçlari tuzilmasida dron qöşinlari taşkil etilgani haqida noyabr örtalarida yangi qöşin turi rahbar örinbosari Sergey Iştuganov xabar bergan edi. Rasman dron-qöşinlar qömondonining ismi oçiqlanmagan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: