Rossiya Belarus şarqida “Oreşnik” raketalarini joylaştirmoqda
27-12-2025, 14:44
97 марта

Reuters’ga Middlebury xalqaro tadqiqotlar institutidan Jeffri Lyuis va CNA tahlil markazidan Deker Evelet malum qilişiça, suratlar asosida ular mobil uçiriş uskunalari Kriçev şahri yaqinida joylaştirilişi mumkin, deb 90 foiz ehtimol bilan hisoblamoqda. Bu joy Minskdan taxminan 300 km, Ukraina çegarasidan esa 180 km uzoqlikda. Ekspertlar fikriça, “Oreşnik” raketalarini Belarus hududiga joylaştirişdan maqsad — NATO azolarini Rossiyadagi nişonlarni ura oladigan qurollarni Kiyevga yetkazib berişdan tiyib turişdir.
Avvalroq RF prezidenti Vladimir Putin 5500 kmgaça uçiş masofasiga ega uşbu ballistik raketalarni Belarusda joylaştiriş niyati borligini aytgan, ammo hozirgaça ular qayerda bölişi aniq oçiqlanmagan edi. 2024 yil 21 noyabrda u Rossiya Ukrainadagi Dnipro şahriga “yadrosiz gipertovuşli jihozlanişdagi ballistik raketa” bilan “eng yangi örta masofali ‘Oreşnik’ tizimi” yordamida zarba berganini malum qilgan.
Oktyabr oxirida Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko matbuot kotibi Natalya Eysmont Rossiyaning “Oreşnik” raketa kompleksi dekabr oyida Belarusda jangovar navbatçilikka qöyilişini aytgan edi. “Joriy yil dekabr oyida u jangovar navbatçilikka qöyiladi, şuning uçun ‘Oreşnik’ böladimi-yöqmi degan har qanday gap-sözlar şu bilan tugadi”, — deya Eysmontdan iqtibos keltirgan TASS agentligi.
Lukaşenko ham öşa kuni bundan avval bu qurolni Belarusda joylaştiriş agressiya emas, balki “mintaqadagi vaziyat keskinlaşuvi va zamonaviy tahdidlarga javob çorasi” ekanini bildirgan. U, şuningdek, agar Yevropa davlatlari yangi raketa komplekslarini joylaştirişdan voz keçsa, “Oreşnik”ni Belarusda joylaştirişni töxtatiş mumkinligini aytgan.
12–16 sentyabr kunlari Belarus hududida “Zapad-2025” Rossiya—Belarus strategik qöşinlari maşqlari bölib ötgan. Manyovrlar davomida, jumladan, yadroviy jangovar kallak olib yurişi mumkin bölgan “Oreşnik” ballistik raketasidan ehtimoliy foydalanişni rejalaştiriş ham işlab çiqilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 26 dekabr keçqurun bölib ötgan oliy boş qömondon stavkasi yiğilişida Rossiya qöşinlari qöşni Belarus hududi orqali Ukraina dron tutib oluvçilarining himoya pozitsiyalarini aylanib ötişga urinyapti, deb aytdi. “Bu Belarus uçun xavfli. Biz ‘Oreşnik’ bilan boğliq qadamlarni köryapmiz, endi — dronlar yordamida. Afsuski, Belarus öz suverenitetini Rossiyaning agressiv ambitsiyalari foydasiga topşiryapti”, — deb yozgan Zelenskiy öz Telegram’ida.