Qozoğistonda 3 sayyohning jasadi topildi
28-12-2025, 12:42
285 марта

Qozoğistonda 3 sayyohning jasadi topildi
Qozoğistonning Olmaota toğli hududida bedarak yöqolgan uç nafar sayyohning jasadi topildi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.Olmaota şahar Favqulodda vaziyatlar departamenti malumotiga köra, 26 dekabrga ötar keçasi 112 raqamiga bir ayoldan murojaat kelib tuşgan. U akasi, ikki nafar dösti bilan birga 24 dekabr kuni ertalab toğlarga yöl olgani va qaytib kelmaganini bildirgan. Bedarak yöqolganlarning mobil telefonlari 12 soatdan ortiq vaqt davomida öçiq bölgan.
Xabar kelib tuşişi bilan vazirlikning kuç va vositalari zudlik bilan ehtimoliy qidiruv hududiga safarbar etilgan. Qidiruv işlariga qidiruv-qutqaruv otryadi bölinmalari, Falokatlar tibbiyoti markazi, qutqaruv xizmati xodimlari, şuningdek, politsiya va köngillilar jalb qilingan.
Hodisa joyida tezkor ştab taşkil etilgan. Qidiruv-qutqaruv işlarini olib boriş uçun vazirlikning “Kazaviasspas” vertolyoti havoga kötarilib, parvoz davomida muzlik va çöqqilarni közdan keçirgan.
“Uçuvçisiz uçiş apparati yordamida olib borilgan qidiruv işlari natijasida “Lokomotiv” çöqqisi yaqinida jasad aniqlangan. FVV aviabori yordamida uni dengiz sathidan 3700 metr balandlikdan tuşiriş amalga oşirilib, jasad huquq-tartibot organlariga topşirildi”, deyiladi xabarda.
Sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Şaxslarni yakuniy aniqlaş barça zarur ekspertizalar yakunlangaç amalga oşiriladi.
Qidiruv işlarida 50 dan ortiq kişi, jumladan qutqaruvçilar va köngillilar, 7 ta texnika vositasi, 4 ta dron, şuningdek, Falokatlar tibbiyoti markazining 3 ta kinologik guruhi iştirok etgan.
Voqea ortidan Qozoğiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toğli hududlarga çiqişda xavfsizlik çoralariga qatiy rioya etiş zarurligini eslatgan. Yölga çiqişdan avval ob-havo şaroiti va qor köçkisi holatini inobatga oliş, toğlarga yolğiz bormaslik, yaqinlarga marşrut va qaytiş vaqtini oldindan malum qiliş, aloqa vositalari hamda zarur jihozlarni özingiz bilan olib yuriş tavsiya etilgan.