Qozoğiston toğlarida özbekistonlik sayyoh halok böldi
4-09-2025, 19:50
367 марта

Qozoğiston toğlarida özbekistonlik sayyoh halok böldi
Joriy yil 1 sentyabr kuni Qozoğiston Respublikasi Turkiston viloyati FVBga 1996 va 1997 yillarda tuğilgan ikki nafar yigitning 31 avgust kuni Çimkentdan toğlarga jönab ketgani va qaytib kelmagani haqida xabar kelib tuşgan. Qönğiroq kelib tuşganidan söng darhol qidiruv-qutqaruv işlari boşlangan.Qöşni davlat FVBning bergan malumotiga köra, qidiruv tadbirlari dengiz sathidan 2200 metr balandlikdagi Sayramsu çöqqisi hududida, Kaskasu qişloğidan 8 km uzoqlikda joylaşgan Sayram-Ugom milliy tabiat boği hududida ötkazildi.
Xavfli toğli hududlarda olib borilgan qidiruv-qutqaruv işlari davomida FVB qutqaruvçilari sayyohlardan biri bilan ovozli aloqa örnatgan va sayyoh şerigining, 1996 yilda tuğilgan Özbekiston Respublikasi fuqarosining daraga tuşib, halokatli tan jarohatlari olganini bildirgan.
Sayyohlarni qutqariş uçun Çimkentdan beş nafar professional alpinist jalb qilingan va ular yordamida bir nafar omon qolgan sayyoh, şuningdek, marhumning jasadi olib çiqilgan.