Özbekiston çegarasida talabga böysunmagan 2 nafar qirğizistonlik halok böldi
1-09-2025, 18:28
630 марта

Özbekiston çegarasida talabga böysunmagan 2 nafar qirğizistonlik halok böldi
Qirğiziston-Özbekiston çegarasida çegaraçilar talablarga böysunmagan ikki nafar qirğizistonlik öq uzilişi oqibatida halok böldi. Bu haqda Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Çegara xizmati malum qildi.Idora malumotlariga köra, 25-avgust kuni Çotqol tumani Ayğir-Jal qişloğida yaşovçi ikki kişi bedarak yöqolgani haqida xabar kelib tuşgan.
28-avgust kuni işçi uçraşuv doirasida Özbekiston tomonining çegara vakillari 15-avgust kuni Özbekiston hududida, Qirğiziston, Özbekiston va Qozoğiston çegaralari tutaşgan joyda Özbekiston çegara qorovullari tomonidan ikki nafar nomalum şaxs aniqlangani haqida xabar bergan.
“Özbekiston tomonining malumotlariga köra, ularni uşlaşga uriniş çoğida çegaraçilar talablarga böysunmaganligi sababli qurol işlatişga majbur bölgan. Natijada ikkala fuqaro ham hayot bilan çiqişmas öq yaralar olgan", deyiladi xabarda.
Yoqolgan fuqarolarning qarindoşlari 31-avgust kuni Özbekistonga borib, ularni tanib olişgan.
“Bugun, 1-sentyabr kuni “Baymak” nazorat-ötkaziş punkti orqali Qirğiziston Respublikasining ikki fuqarosi jasadi Qirğiziston tomoniga topşirildi va ekspertiza ötkaziş uçun Kerben şahridagi morga yetkazildi”, deyiladi xabarda.
Takidlanişiça, Qirğiziston va Özbekiston çegara idoralari rahbarlari 2-sentyabrdan boşlab joyida qöşma tekşiruv ötkazişga kelişib olişgan. Bundan taşqari, Özbekiston tomoni halok bölgan fuqarolarning topilgan mulki - uçta ot va çodirni Qirğiziston Respublikasiga topşirişga tayyorligini bildirgan.