Jangovar granatalarni sotib yuborgan çegaraçilar uşlandi
2-07-2025, 18:56
1 133 марта

Jangovar granatalarni sotib yuborgan çegaraçilar uşlandi
Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) qurol-yaroğ va öq-dorilar savdosi bilan şuğullangan uyuşgan jinoiya guruhi qölga olinganini malum qildi. Bu haqda MXDQ matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, jami töqqiz kişi qölga olingan, ulardan ikkitasi çegara xizmatining amaldagi va sobiq xodimlari.

Malum qilinişiça, çegara xizmati xodimlari Qirğiziston bilan Tojikiston örtasidagi qurolli töqnaşuv paytida RGD-5 granatalarini öğirlab, jinoiy guruh azolariga sotgan. Jinoyatçilar ham ularni keyinroq sotişni rejalaştirgan.
“Jinoiy guruhi azolari çegara xizmati xodimlari bilan til biriktirib, Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi qurolli töqnaşuv çoğida RGD-5 granatalaridan foydalanilgandek körsatib, özlariga işonib topşirilgan mol-mulkni öğirlab, uni jinoiy guruhga sotgan. Hibsga olingan har bir şaxs öziga tegişli jinoyatdagi rolini aniq bajargan: biri xaridorlarni izlagan bölsa, boşqasi qurol-yaroğni taşiş uçun avtotransport vositalarini va harbiy liboslarni tayyorlagan, bu esa ularni yaşiriş va xavfsiz harakatlaniş uçun xizmat qilgan”, deyiladi xabarda.

MXDQ malumotiga köra, noqonuniy aylanmadan törtta RGD-5 granatasi, bir dona arralangan öqotar qurol, şuningdek, 7,62 millimetrli va 5,45 millimetrli kalibrdagi öq-dorilar musodara qilingan. Uşbu jinoyatga aloqador barça şaxslarni aniqlaş böyiça tergov-suriştiruv işlari davom etmoqda