“Odamlarning yonayotganini kördim”. Şveytsariyadagi kurortda nimalar böldi?
2-01-2026, 20:17
484 марта

“Odamlarning yonayotganini kördim”. Şveytsariyadagi kurortda nimalar böldi?
Şveytsariyaning Kran-Montana şaharçasidagi Le Constellation (“Yulduz turkumi”) barida Yangi yil keçasida sodir bölgan yonğin oqibatida kamida 40 kişi halok böldi, 80 nafardan 115 nafargaça odam turli darajadagi jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizildi. Yonğinning rasmiy sababi hozirça elon qilinmagan. Ammo tarqalgan foto va videolarga qaraganda, barda işlatilgan bengal çiroqlari tufayli şift yonib ketgan. Guvohlar bölgan voqealarni töliq tartibsizlik va dahşatli filmga öxşatmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.Ismini oşkor etmaslikni söragan 18 yoşli mahalliy yigitning aytişiça, Yangi yil keçasida uning akasi barda bölgan. Yigit şovqinni eşitib, tutunni körgan va darhol bar tomonga yugurgan. Avval oynani sindirgan, söng içkariga kirgan.
“Men odamlarning yonib ketayotganini kördim. Boşidan oyoğigaça kuyib ketgan, kiyimsiz odamlarni kördim. Bu dahşatli edi”, deydi u.
Uning akasi jabrlanmagan.
Frantsiyalik ikki qiz – Emma va Alban BFMTV telekanaliga yonğin boşlangan paytda ular bar içida bölganini aytgan. Ularning sözlariga köra, yonğinga bengal çiroqlari sabab bölgan bölişi mumkin: ofitsiantlardan biri bengal çiroqlarini şampan şişalariga qistirgan.
Şveytsariyaning “Blick” tabloidi mototsikl şlemini kiygan qiz yigitning yelkasida ötirgan holda tuşirilgan suratni elon qildi. Qiz qölida ikkita şampan şişasini uşlab turgan, ularning böyin qismiga yonib turgan bengal çiroqlari mahkamlangan.
BBC’ning faktçeking xizmati boşqa rakursdan olingan suratlarni tahlil qilib, ularning haqiqiyligini tasdiqlagan. Ularda kamida tört kişi şampan şişalari va ularga biriktirilgan bengal çiroqlari bilan qöllarini şift tomon kötargani körinadi.
26 yoşli Ilan Aşur yaqin atrofdagi muassasalardan birida işlagan va yonğin haqida eşitişi bilanoq voqea joyiga borgan. “Reuters” bilan suhbatda u hodisani dahşatli filmga qiyoslagan: yonayotgan odamlar qiçqirgan, yordam söragan. Aşur öşa paytda barda bölgan eng yaqin dugonasini qutqarişga uringan. U qiz uning qölida jon bergan.
Loran ismli mahalliy aholi vakili “Blick” naşriga bar içida yonğin xavfsizligi çoralarining juda sust bölganini aytgan. Masalan, taşrif buyuruvçilar bino içida çekişi mumkin bölgan va bunga “köz yumilgan”.
Kran-Montana – maşhur Alp toğlari kurorti bölib, bu yerda xalqaro çanği musobaqalari ham ötkaziladi. Eng yaqin musobaqalar joriy yil yanvar oxiriga rejalaştirilgan edi. “Yulduz turkumi” bari narxlari jihatidan nisbatan hamyonbop hisoblangan. Uning ikki qavati va terrassasi taxminan 300 kişini siğdira olgan.
Yangi yil keçasida muassasa töla bölgan, bu yerda nafaqat mahalliy aholi, balki sayyohlar ham bölgan. 2 yanvar holatiga köra, Frantsiya va Italiya rasmiylari jabrlanganlar yoki bedarak yöqolganlar orasida öz fuqarolari borligini malum qilgan.
Vale kantoni parlamenti azosi Stefan Ganser Frantsiyaning RTL telekanaliga bergan intervyusida taxminan 40 kişi halok bölganini, 80-100 kişi esa oğir tan jarohatlari bilan şifoxonalarda yotganini aytgan. Uning sözlariga köra, köplab jabrlanganlarda uçinçi darajali kuyişlar bor va ularning hayoti katta xavf ostida.
Voqea joyida işlayotgan BBC jurnalisti Sara Reynsfordning aytişiça, jabrlanganlar orasida ösmirlar juda köp – bu kantonda 16 yoşdan boşlab spirtli içimlik istemol qilişga ruxsat berilgan va bar yoşlar orasida maşhur bölgan.
Emma va Alban yonğin boşlanişi bilan darhol tiqilinç yuzaga kelganini aytgan – ular bölgan xona kiçik, çiqiş joyi tor, köçaga olib çiqadigan zina esa “yanada torroq” bölgan.
“Taxminan 200 kişi 30 soniya içida juda tor zinapoyadan çiqib ketişga urindi”, deydi ular.