Karakas janubida elektr uzildi: şaharda portlaş ovozlari
3-01-2026, 13:58
287 марта

Reuters esa guvohlarga tayanib, Karakasning janubiy qismida, yirik harbiy baza joylaşgan hudud yaqinida elektr energiyasi öçgani haqida yozdi. Ovozlar va öçişning sababi aniq aytilmagan.
Hodisa böyiça Venesuela hukumatining tezkor bayonoti elon qilinmagan. AP’ga köra, rasmiylar jurnalistlar söroviga darhol javob bermagan.
Hozirgi portlaşlar böyiça AQŞning rasman aviazarba bergani tasdiqlangan malumot yöq. Biroq sönggi haftalarda AQŞ–Venesuela keskinligi oşgani tilga olinmoqda.
Xususan, Reuters 2025 yil 29 dekabrda Donald Tramp AQŞ Venesuelada “narkotik yuklanadigan hudud”ga zarba berganini aytganini xabar qilgan. Bu bayonot Venesuela hududida AQŞ tomonidan amalga oşirilgan ehtimoliy operatsiyalar haqidagi bahslarni kuçaytirgan, ammo Karakasdagi hozirgi portlaşlar bilan boğliqligi rasman isbotlanmagan.
The Guardian ham 2026 yil 2 yanvardagi maqolasida Maduro Trampni “keskinlikni kuçaytiriş”da ayblagani va “jiddiy muzokaralar”ga çaqirganini yozgan (matnda Venesuela atrofidagi xavfsizlik muhiti keskin ekani takidlanadi).