Berlinda blekaut. Qasddan uyuştirilgan yonğin

Berlinda blekaut. Qasddan uyuştirilgan yonğin
Germaniya poytaxti Berlinning janubi-ğarbiy qismida joylaşgan Lixterfelde elektr stantsiyasida sodir bölgan yonğin oqibatida keng kölamli elektr taminoti uzilişi yuz berdi. Bu haqda Tagesspiegel naşri xabar qildi.3 yanvar tongida sodir bölgan hodisa natijasida 45 ming xonadon va ikki mingga yaqin korxona elektr va issiqlik taminotisiz qolgan. Mahalliy hokimiyat malumotlariga köra, yakşanba kuniga kelib taxminan 10 mingta uy-joy qayta ulangan, ammo barça abonentlar uçun elektr taminoti 8 yanvargaça töliq tiklanişi kutilmoqda.
Berlin hokimiyati sodir bölgan voqeani qasddan uyuştirilgan yonğin deb baholamoqda. Deutsçe Welle xabar berişiça, Teltov kanali ustidan ötgan kabelli köprikka «yondiruvçi qurilmalar» örnatilgan va yonğin oqibatida yuqori hamda örta kuçlanişli bir neça elektr kabellari şikastlangan yoki butunlay yöq qilingan.
Oradan köp ötmay, hodisa uçun javobgarlikni çap radikal anarxistik «Vulkan» (Vulkangruppe) guruhi öz zimmasiga oldi. Guruh tomonidan politsiyaga yuborilgan maktub haqiqiy deb tan olingan.
Guruh bayonotida bu «muvaffaqiyatli diversiya» bölganini va «Erni hamda hayotni himoya qilayotgan barça odamlar bilan xalqaro birdamlikning ifodasi» ekanini aytgan.
«Vulkan» guruhi hujumning asosiy maqsadi aholini elektrsiz qoldiriş emas, balki yoqilği sanoatiga zarar yetkaziş bölganini takidlagan.«Janubi-ğarbiy Berlindagi kam taminlangan aholidan uzr söraymiz. Ammo bu hududlardagi köplab villa egalariga tegişli emas», – deyiladi bayonotda.
Malumotlarga köra, «Vulkan» guruhi sönggi ön yildan ortiq vaqt davomida Berlin infratuzilmasiga qarşi hujumlar uyuştirib keladi.
Hodisa böyiça tergov işlari davom etmoqda.