Tramp Venesuelani “öziniki” qilişini aytdi
8-01-2026, 20:25
256 марта

Tramp Venesuelani “öziniki” qilişini aytdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakati Venesuelani “ança uzoq vaqt” nazorat qilişini aytdi. Trampning sözlariga köra, Rubio Venesuelaning vaqtinçalik rahbari bilan doimiy aloqada. Bu haqda u keça, 7 yanvar kuni “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida söz oçdi.Qayd etilişiça, Qöşma Ştatlar Venesuelani uzoq yillar davomida boşqarişi va uning neft daromadlarini nazorat qilişi mumkin. Trampning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar Venesuelani qança vaqt nazorat qilişini “faqat vaqt körsatadi”.
“Biz uni juda foydali tarzda qayta tiklaymiz. Biz neftdan foydalanamiz va neft olamiz. Biz neft narxlarini pasaytiramiz va Venesuelaga juda muhtoj bölganda pul beramiz”, deydi u.
Trampning qöşimça qilişiça, AQŞ Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti Delsi Rodriges hukumati bilan juda yaxşi çiqişmoqda.