Rossiyada tibbiy körikdan ötmagan migrantlar jazolanişi mumkin
10-01-2026, 23:00
199 марта

Rossiyada tibbiy körikdan ötmagan migrantlar jazolanişi mumkin
Rossiyada majburiy tibbiy körikdan ötişdan böyin tovlayotgan mehnat migrantlarini javobgarlikka tortiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin malum qildi.Rossiyaga uç oydan ortiq muddatga borgan xorijiy fuqarolar uçun tibbiy körikdan ötiş muddati 90 kundan 30 kungaça qisqartiriladi. Tibbiy muassasalar körik natijalarini Rossiya Içki işlar vazirligiga, yuqumli kasalliklar aniqlangan taqdirda esa Rospotrebnadzorga taqdim etişi şart böladi. Bu çoralar qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda migrantlarni tezkor ravişda deportatsiya qilişga qaratilgan.
Tibbiy körikdan ötişdan böyin tovlaganlik uçun mamuriy javobgarlik joriy etilişi rejalaştirilmoqda – jarima solinişi va sud qarori bilan mamlakatdan çiqarib yuboriş ehtimoli mavjud.
Migrantlarning soğliği haqidagi hujjatlarni soxtalaştiriş esa jinoyat deb baholanadi. Vyaçeslav Volodinning aytişiça, uşbu çoralar migrantlar ustidan nazoratni kuçaytiriş va jamoat xavfsizligini oşirişga qaratilgan.