Vatikan AQŞ bilan Maduro böyiça maxfiy muzokaralar ötkazgan – OAV
11-01-2026, 15:24
267 марта

Vatikan AQŞ bilan Maduro böyiça maxfiy muzokaralar ötkazgan – OAV
Vatikan 2025 yil dekabr oxirida AQŞni “sabrli bölişga” va Venesuela yetakçisi Nikolas Maduroga Rossiyaga qoçib ketiş imkonini berişga köndirişga uringan. Bu haqda “The Waşington Post” xabar berdi.Malum qilinişiça, Vatikanda Papadan keyin ikkinçi şaxs bölgan kardinal Petro Parolin dekabr oyining oxirida AQŞni Venesuyelaning sobiq yetakçisi Nikolas Maduroga Rossiyada boşpana oliş imkonini berişga köndirişga harakat qilgan.
“Maduroga lavozimni tark etib, pullaridan bemalol foydalanib yaşaş taklif qilingan. Uşbu taklifning bir qismi sifatida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uning xavfsizligini kafolatlagan”, deyiladi xabarda.
Naşrning yozişiça, Parolin Yangi yil arafasida AQŞning Muqaddas Taxt huzuridagi elçisi Brayan Burçni zudlik bilan huzuriga çaqirgan va Vaşingtonning Venesuela böyiça rejalariga aniqlik kiritişni talab qilgan. Naşr hukumat hujjatlariga tayanib yozişiça, bir neça kun davomida tasir doirasi keng bölgan italiyalik kardinal AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio bilan boğlanişga uringan va “Venesuelada qon tökilişi va beqarorlikning oldini olişga jon-jahdi bilan harakat qilgan.”
Burç bilan suhbat çoğida, AQŞ Prezidenti Donald Trampning ittifoqçisi bölgan elçiga Parolin, xususan, Moskva Maduroga boşpana berişga tayyorligini bildirgan va venesuyelalik siyosatçi bu taklifga rozi bölguniga qadar amerikaliklardan sabr qilişni iltimos qilgan.
Vatikan esa öz navbatida maxfiy suhbatdan parçalarning ommaga oşkor qilingani va ularning Rojdestvo davrida bölib ötgan suhbat mazmunini töliq va aniq aks ettirmayotganidan norozi ekanini bildirgan. Burçning matbuot kotibi uşbu masala böyiça barça savollarni AQŞ Davlat departamentiga yönaltirgan, biroq u izoh berişdan boş tortgan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham naşr söroviga javob bermagan.