USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Bandit» va «fanatik». Venesuela endi kimlarning qölida qoldi?

258 марта
«Bandit» va «fanatik». Venesuela endi kimlarning qölida qoldi?

Nikolas Maduro öğirlab ketilgaç, vitse-prezident Delsi Rodriges rasman yangi prezidentga aylangan bölsa-da, Venesuelada haqiqiy hokimiyat amalda kuçişlatar tuzilmalar rahbarlari qölida jamlangan.

Pedro Mattey / AFP / Scanpix / LETA
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Amerika harbiylari tomonidan qölga olingan va sud qiliş uçun AQŞga olib ketilgan. Endi Venesuelada qarorlarni kim qabul qiladi? The Waşington Post gazetasi bexosda rahbaridan ayrilgan mamlakatda katta hokimiyatga ega bölgan ikki muhim şaxs haqida hikoya qildi. Bular mudofaa vaziri Vladimir Padrino hamda içki işlar vaziri Diosdado Kabeliodir. Ular yirik qurolli guruhlarni nazorat qiladi, ikkisi ham mamlakatdagi asosiy bizneslarni qölga olgan va ikkisi ham giyohvand moddalar savdosida ayblangan.

Nikolas Maduro hokimiyatdan ağdarilgaç, vitse-prezident Delsi Rodriges rasman Venesuelaning yangi rahbariga aylandi. Uning akasi Xorxe Rodriges – parlament spikeri hisoblanadi. Ammo amalda ular hokimiyatni yana kamida ikki kişi bilan bölişişiga töğri keladi: mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes va içki işlar vaziri Diosdado Kabelio.

Ularning barçasi – Venesuelani 2000 yildan buyon boşqarib kelayotgan çavesçilar harakati faxriylaridir. Maduro hokimiyatda ekanida ham bu uçlik örtasidagi munosabatlar keskin bölib turgandi.

Padrino nafaqat armiyani, balki Venesuela iqtisodiyotining katta qismini, jumladan, yirik konlarni nazorat qiladi.


Kabelioning nazoratida esa politsiya kuçlaridan taşqari kolektivos ham bor – bu hokimiyatparast qurolli guruhlardir. Ularning jangçilari mototsikllarga minib, niqob taqqan va qurol kötargan holda köçalarda navbatçilik qiladi. Maduro ağdarilişi bilanoq ular poytaxt Karakas köçalarida köplab blokpostlar taşkil etib, yölovçilarni töxtatib, ularning telefonlaridan şubhali yozişmalarni qidira boşladi.

Padrino va Kabelio bir neça bor hal qiluvçi pallalarda Maduro rejimini qutqarib qolişgan. Xususan, 2019 va 2024 yillarda bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan keyin (ikki safar ham muxolifatçilar Maduroning ğalabasini tan olmagan). Ikki holatda ham harbiylar, politsiyaçilar va kolektivos namoyişlarni kuç bilan bostirib, rejimning saqlanib qolişini taminlagan.

Kabelio özining öta radikalligi bilan ajralib turadi. U «Bolğa bilan ur» nomli haftalik teleşouni olib boradi, hukumat yiğilişlariga esa «Şubhalaniş – xiyonat» yozuvi tuşirilgan kepka kiyib keladi.

The Waşington Post hukumatga yaqin bölgan maslahatçilardan biri bilan gaplaşgan. Uning tasdiqlaşiça, mamlakatdagi birdamlik saqlanişiga aynan Kabelio masuldir: «Inqirozli holat yuzaga kelganida, u muzokara qilib ötirmaydi – u tartib örnatadi. Delsi boşqaradi, Diosdado esa hokimiyat qöldan ketmasligi uçun masul».

Çaves harbiy bölgan – va u ham xarizmatik yetakçi edi. U neft narxi yuqori bölgan davrda neft qazib oluvçi mamlakatni boşqargandi. Maduroda esa bu afzalliklarning heç biri yöq edi. U hokimiyatni qatağonlar bilan uşlab turdi va kuçişlatar tuzilmalarni qöllab-quvvatladi.
Harbiylar (yani Vladimir Padrino – 2014 yildan buyon mudofaa vaziri) toğ-kon sanoatini, asosiy tovarlarni taqsimlaş tizimini, söngra portlarni ham öz nazorati ostiga oldi. Ular amalda hokimiyatning alohida tarmoğiga aylangan.

Amerika rasmiylari takidlaşiça, armiya qömondonlari noqonuniy biznesdan ham foyda ola boşlagan. 2020 yilda Florida janubiy okrugi prokuraturasi Padrino va Kabelioga qarşi ayblov elon qilib, ular öz lavozimlaridan giyohvand moddalar savdosi va AQŞni kokain bilan «töldiriş»da foydalanganini davo qilgan. Ularni qölga oliş uçun katta miqdordagi mukofot pullari elon qilingan – Padrino uçun 15 million dollar va Kabelio uçun 25 million dollar.
Sönggi yillarda Maduro markazlaşgan hokimiyatni qöldan boy berib, özaro duşman guruhlar örtasidagi hakamga aylangandi.
Diosdado Kabelioning harakatlarini oldindan taxmin qiliş qiyin. U 1992 yilda Çavesning muvaffaqiyatsiz töntarişida qatnaşgan, ikki yil qamoqda ötirgan, ötgan asrning 90-yillari oxirida Çaves hokimiyatga kelganidan keyin siyosiy karerasini qurgan. Turli yillarda u vitse-prezident va içki işlar vaziri bölib işlab, kuçişlatar tuzilmalar bilan aloqalarni mustahkamlagan. Çaves vafotidan keyin Maduroning asosiy raqibi sifatida qaralgan. Siyosiy kuraşda Maduroning qöli baland keladi, Kabelio esa siyosiy sahnani tark etadi – 2024 yilgi saylovlardan söng Maduro uni hukumatga qaytarmagunça.

Kabelio oilasining tasiri butun mamlakatni qamrab oladi: uning qarindoşlari razvedka, soliq xizmati va parlamentda muhim lavozimlarni egallagan. U malum muddat soyada bölganida ham mamlakatning eng nufuzli şaxslaridan biri bölib qolgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: