USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ramazon oyi qaçondan boşlanişi aytildi. Qirğizistonda!

1 356 марта

Ramazon oyi qaçondan boşlanişi aytildi. Qirğizistonda!

Dastlabki malumotlarga köra, joriy yilda Qirğizistonda Ramazon oyi 18 fevral kuni boşlanadi. Bu haqda Qirğiziston musulmonlari diniy boşqarmasiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Malum qilinişiça, Laylatul Qadr (Qadr keçasi) 16 martdan 17 martga ötar keçasi bölişi kutilmoqda. Ananaga köra, u Ramazon oyining 27-keçasiga töğri keladi. 

Şundan kelib çiqib, dastlabki hisob-kitoblarga köra, Ramazon hayiti 20 mart kuni nişonlanadi. Bu kunda musulmonlar Hayit namozini ado etadi. 
Malumki, Ramazon oyining boşlanişi va tugaşi Hijriy yil hisobi asosida belgilanadi. Boşqarmaga köra, sanalar yangi oy körinişiga qarab özgarişi mumkin. Uşbu kun xalqaro astronomik markazlar malumotlariga asoslanib belgilangan bölsa-da, yangi oy çiqişi sababli bazan sanalar bir kun oldinga yoki orqaga siljişi ehtimoli mavjud. 

Malumot uçun, Ramazon – bu ruhiy poklaniş, röza, ibodat va xayr-ehson oyidir. Bu davrda musulmonlar manaviy hayotga etibor qaratib, yaxşilik qilişga, öz amallarini anglaşga intiladi. Oyning davomiyligi oy taqvimiga köra, 29-30 kunni taşkil etadi va u Ramazon hayiti bilan yakunlanadi. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: