USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Yordam allaqaçon yölda». Tramp eronliklarga murojaat qildi

460 марта
«Yordam allaqaçon yölda». Tramp eronliklarga murojaat qildi

Mamlakatda 100 soatdan beri internet öçiq. Reuters Erondagi rasmiylardan biriga tayanib, qurbonlar soni 2 mingga yetganini xabar qildi. Tramp namoyişlarni davom ettirib, davlat muassasalarini egallab olişga çaqirmoqda. Eronda namoyişlarning 17-kunida nimalar böldi?

Foto: ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Eronda 28 dekabr kuni boşlangan norozilik namoyişlari 17 kundirki davom etmoqda. Şu bilan birga, 13 yanvar kun davomidagi aktsiyalar soni eng kam bölgan kunga aylandi – şarqşunos Nikita Smaginning malumotiga köra, oltita viloyatda jami 14 joyda kiçik namoyişlar bölib ötgan. Uning kuzatuvlariga köra, 13 yanvardagi yirik aktsiyalar haqida heç qanday dalil paydo bölmadi va faqat ikki joyda namoyişga yiğilganlar soni 100 nafardan oşgan. Bu norozilikning sönişi bilan boğliqmi yoki eronliklar bir-biri bilan ham, taşqi dunyo bilan ham aloqaga çiqa olmayotgani bilanmi – bunisi nomalum.


NetBlocks loyihasi malumotlariga köra, Eronda internet işlamayotganiga 100 soatdan oşdi.Aftidan, eronliklar endi Starlink tizimlaridan ham foydalana olmayapti, sönggi kunlarda suniy yöldoş interneti mamlakatdagi vaziyatni taşqi dunyoga yetkaziş uçun yagona vosita bölib turgandi. Telefon aloqasi ham çeklangan: Associated Press xabariga köra, Tehrondan bir neça kişi ularning Dubaydagi muxbiri bilan aloqaga çiqişgan, biroq keyin ularga qayta ulanib bölmagan. Agentlik suhbatdoşlari Eron poytaxtida bir neçta hukumat binolari yoqib yuborilgani, şahar markazi xavfsizlik kuçlari bilan tölgani, ular yölovçilarni töxtatib söroqqa tutayotgani, şuningdek, uylarga bostirib kirib, Starlink terminallarini qidirişayotganini aytib berişgan.

Eronda namoyişlarning oldingi 16 kuni davomida kamida 646 kişi halok bölgan.Xorijda faoliyat olib boruvçi eronlik huquqşunoslarning HRANA guruhi malumotlariga köra, qurbonlarning 505 nafari namoyişçilar (şu jumladan, töqqiz nafari voyaga yetmagan bolalar), 133 nafari huquq-tartibot idoralari xodimlari va harbiylardir, şuningdek bir nafar prokuror hamda namoyişlar iştirokçisi bölmagan yana yetti fuqaro öldirilgan. Namoyişlar boşlanganidan beri 10 700 dan ortiq odam hibsga olingan. Öz navbatida, Eron hukumati vakili anonim tarzda Reuters agentligiga malum qilişiça, halok bölganlar soni allaqaçon 2000 kişiga yetgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Tehron viloyatining Qahrizoq şahridagi ölikxonada jasadlar solingan qoplardagi önlab jasadlar aks etgan kadrlar tarqalgan.

Namoyişlar fonida birinçi ölim hukmi elon qilingani malum böldi. Kurdlarning Hengaw inson huquqlari taşkiloti Fardis şahrida yaşovçi 26 yoşli Efron Soltaniyni qatl etişmoqçiligini malum qildi. U 8 yanvar kuni hibsga olingan, 12 yanvar kuni esa uning oilasi Efranga ölim jazosi tayinlanganidan xabar topgan. Hukm ijrosi 14 yanvarga belgilangan. Soltaniyning yaqinlari unga qanday ayb qöyilgani va sud qaçon bölib ötganini bilişmaydi. «Biz ilgari heç qaçon sud işi bunçalik tez bölib ketganini körmaganmiz. Hukumat odamlarni taslim qiliş va qörquv uyğotiş uçun barça usullarni qöllamoqda», – deya takidlanadi Hengaw bayonotida.

AQŞ Eron bilan hamkorlik qilayotgan davlatlar uçun 25 foizlik bojlar joriy etilişini elon qildi. Oyatulloh rejimi bilan savdo qiladigan har qanday davlat «AQŞ bilan amalga oşiriladigan barça biznes operatsiyalarida» 25 foiz miqdorida boj tölaydi, dedi Amerika prezidenti Donald Tramp. Bunday qaror şusiz ham jiddiy iqtisodiy qiyinçiliklarni boşdan keçirayotgan Eronga qöşimça bosim ötkazadi (aynan iqtisodiy vaziyat noroziliklarga turtki bölgandi). Şu bilan birga, bu qaror AQŞning Eron neftining asosiy xaridori bölgan Xitoy bilan savdo sulhini ham xavf ostiga qöyişi mumkin.

AQŞ öz fuqarolarini zudlik bilan Eronni tark etişga çaqirdi. Bundan oldingi şu kabi murojaat 2025 yil iyunida, AQŞning Erondagi yadroviy obektlarga raketalar va bombalar bilan zarba berişidan bir hafta oldin kuzatilgandi. Vaşington hozir ham zarba beriş imkoniyatini körib çiqmoqda – Donald Tramp Eron rejimi namoyişçilarni öldirayotgani tufayli bir neça bor vaziyatga aralaşuv bilan tahdid qilgandi. Şu bilan birga, Ğarb ommaviy axborot vositalarining manbalariga köra, aralaşuv (qanday bölişi va umuman bölişi) böyiça yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Ularning sözlariga köra, Oq uy Eronda sodir bölayotgan voqealarga tasir ötkazişning bir neça variantini körib çiqmoqda – rejim yetakçilariga «psixologik tasir körsatiş» va yangi sanktsiyalardan tortib, noroziliklarni bostiriş bilan şuğullanadigan içki xavfsizlik apparatiga kiberhujumlar hamda yadroviy obektlar va raketa omborlariga zarbalar berişgaça.

Tehron muzokaralarga tayyor. «Agar Vaşington harbiy variantni sinab körmoqçi bölsa, biz bunga tayyormiz», – degan Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi. Şu bilan birga, u AQŞ muloqotning «oqilona varianti»ni afzal körişiga umid bildirgan. «Biz yadroviy masala böyiça muzokaralar stoliga ötirişga tayyormiz – faqat tahdidlar va buyruqlarsiz», – deya qöşimça qiladi vazir.

Donald Tramp eronliklarni norozilik namoyişlarini davom ettirişga çaqirdi.«Eron vatanparvarlari, norozilik bildirişda davom eting, [davlat] muassasalarini egallab oling. Qotillar va zöravonlarning ismlarini yozib oling. Ular oğir badal tölaşadi. Men namoyişçilarni öldiriş töxtamagunça Eron rasmiylari bilan barça uçraşuvlarni bekor qildim. Yordam allaqaçon yölda. MIGA!» - deb yozdi AQŞ prezidenti 13 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda. Germaniya kantsleri Fridrix Merts esa dunyo oyatulloh rejimining «sönggi kunlarini» kuzatayotganini aytgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: