Rossiya josuslikda gumon qilingan britaniyalik diplomatni mamlakatdan çiqarib yubordi
15-01-2026, 20:51
96 марта

Rossiya josuslikda gumon qilingan britaniyalik diplomatni mamlakatdan çiqarib yubordi
Rossiya hukumati josuslikda gumon qilingan Buyuk Britaniya diplomatini mamlakatdan çiqarib yuboriş haqida qaror qabul qildi. London buni javobsiz qoldirmasligini bildirdi. Bu haqda “CNN” naşri xabar berdi.Keltirilişiça, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) britaniyalik diplomatni Britaniya razvedka idoralari bilan yaşirin hamkorlik qilib kelganlikda ayblamoqda. Mazkur bayonotdan söng, Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarida diplomatning fotosuratlarini elon qilindi.
Rossiya tomoni britaniyalik diplomatga mamlakatni tark etiş uçun ikki hafta muddat berdi. Şu sababli, Rossiya Taşqi işlar vazirligi Buyuk Britaniyaning Moskvadagi muvaqqat işlar vakili Danae Dholakiyani norozilik bildiriş uçun çaqirdi.
"Moskva Rossiyadagi Britaniya razvedka xizmati xodimlarining elon qilinmagan faoliyatiga toqat qilmasligi yana bir bor takidlandi. Şuningdek, agar London vaziyatni yanada keskinlaştirsa, Rossiya tomoni qatiy “közgu” şaklida javob qaytaradi", deyiladi TIV bayonotida.Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligi bu ayblovlarni “asossiz” deb atadi. Britaniya diplomatlarga qarşi bunday ayblovlar birinçi marta kuzatilmayotganini aytdi.
“Ularning Britaniya diplomatlariga qarşi hujumlari umidsizlikdan kelib çiqmoqda va bu kabi harakatlar diplomatik vakolatxonalarning işlaşi uçun zarur bölgan asosiy şartlarni buzadi. Biz bunga javoban öz imkoniyatlarimizni diqqat bilan körib çiqmoqdamiz.”, deydi Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligi.