USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Germaniya bilan harbiy hamkorlik böyiça bitimdan çiqdi

97 марта

Rossiya Germaniya bilan harbiy hamkorlik böyiça bitimdan çiqdi

Rossiya Boş vaziri Mixail Mişustin Germaniya bilan harbiy-texnik hamkorlik töğrisidagi 1996 yilda tuzilgan kelişuvni bekor qiliş haqida farmoyiş imzoladi. Mazkur hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida elon qilindi.

“Rossiya Federatsiyasining xalqaro şartnomalari töğrisidagi federal qonunning 37-moddasiga muvofiq, 1996 yil 14 iyun kuni Moskvada imzolangan Rossiya hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi hukumati örtasidagi harbiy-texnik hamkorlik töğrisidagi bitim öz kuçini yöqotadi”, deyiladi hujjatda. 

Rossiya Taşqi işlar vazirligiga Germaniya tomonini uşbu qaror haqida xabardor qiliş topşirilgan.

Rossiya TIV uşbu bitimdan çiqiş niyati haqida joriy yilning iyun oyida malum qilgan edi. Öşanda vazirlik bitim rasmiy ravişda amal qilayotgan bölsa-da, u “mavjud şaroitda heç qanday mazmun va amaliy ahamiyatga ega emas”ligini hamda Rossiya-Germaniya örtasidagi hozirgi munosabatlar holatiga “mutlaqo töğri kelmasligini” bildirgan edi.

TIV bayonotida, şuningdek, Germaniya hukumati “öta haddan oşgan taşqi siyosiy ambitsiyalar” bilan harakat qilayotgani, bu esa Rossiyaning xavfsizlik böyiça asosiy manfaatlariga bevosita tahdid solayotgani takidlangan.
Germaniya esa Ukraina uruşi boşlanganidan beri Kiyevga harbiy yordam körsatiş böyiça eng yirik donorlardan biriga aylangan. 17 iyul kuni Germaniya kantsleri Fridrix Merts Londonda Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer bilan bölib ötgan matbuot anjumanida Ukrainaga uzoq masofali zarba beruvçi qurol tizimlarini yetkazib berişni vada qilgan. Bu qurollar Britaniya va Germaniya mudofaa sanoati hamkorligida işlab çiqarilgan.

Moskva esa Ukrainaga harbiy yordam körsatilişini keskin qoralaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: