Rossiya Germaniya bitimidan çiqib ketmoqçi
20-06-2025, 00:23
176 марта

Rossiya Germaniya bitimidan çiqib ketmoqçi
Rossiya 1996 yilda Germaniya bilan imzolangan harbiy-texnik hamkorlik töğrisidagi bitimdan çiqmoqçi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi malum qildi.
Vazirlik izohiga köra, uşbu bitim rasmiy ravişda amal qilayotgan bölsa-da, hozirgi şaroitda “uning mazmuni yöqolgan va amaliy ahamiyatini yöqotgan” hamda “Rossiya va Germaniya örtasidagi bugungi davlatlararo munosabatlarga butunlay mos kelmaydi”.
“Şu munosabat bilan Rossiya tomoni uşbu bitimdan çiqiş niyatida. Hozirda zarur içki davlat tartib-taomillari amalga oşirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Rossiya TIV Germaniya rahbariyatini aholiga nisbatan “ğoyaviy tarğibot” olib borayotganlikda va “Rossiyaga qarşi harbiy-siyosiy vaziyatni keskinlaştiriş”da ayblagan.
“Germaniya hukumati haddan taşqari taşqi siyosiy ambitsiyalarga ega bölib, ular Rossiyaning xavfsizlik sohasidagi hayotiy manfaatlariga töğridan töğri ziddir”, deyiladi xabarda.
Rossiya va Germaniya örtasidagi harbiy-texnik hamkorlik bitimi 1996 yil 14 iyunda imzolangan edi. Hujjatga köra, u dastlab 5 yil davomida amal qiladi va agar tomonlardan biri muddati tugaşidan kamida 6 oy oldin diplomatik kanallar orqali yozma bildirişnoma yubormasa, har uç yilda avtomatik ravişda uzaytiriladi.
Germaniya Rossiyaning Ukrainaga qarşi bosqini boşlanganidan beri Ukrainaga eng katta harbiy yordam körsatgan davlatlardan biridir. Rossiya Germaniyaning uşbu harakatlarini qattiq tanqid qilmoqda.