NASA astronavtlari muddatidan avval Yerga qaytdi
16-01-2026, 08:38
234 марта

NASA astronavtlari muddatidan avval Yerga qaytdi
Bugun, 15 yanvar tongida tört nafar astronavt Xalqaro kosmik stantsiyadan (ISS) muddatidan avval Yerga qaytdi. Stantsiyada jami 7 nafar kosmonavt bölgan. Bu haqida “Reuters” xabar berdi.Qayd etilişiça, tört nafar astronavtni olib kelgan SpaceX kapsulasi Kaliforniya sohillari yaqinidagi Tinç okeaniga qöngan. Jarayon NASA va SpaceX tomonidan jonli efirda namoyiş qilingan.
Kapsulada komandir – NASA astronavti Zena Kardman (38 yoş), amerikalik Mayk Fink (58 yoş), yaponiyalik Kimiya Yui (55 yoş) va rus kosmonavti Oleg Platonov (39 yoş) bölgan.
NASA 8 yanvar kuni astronavtlardan birining soğliğida jiddiy muammo yuzaga kelgani sababli uni zudlik bilan Yerga qaytariş zarurligini elon qilgan. Agentlik soğliq masalalarida maxfiylikni saqlaşini bildirib, qaysi astronavt kasal bölgani haqida aniq malumot bermagan. Hozirda stantsiyada NASA astronavti Kristofer Uilyams va ikki nafar rus kosmonavti faoliyat yuritmoqda.
Şuningdek, yana bir NASA Crew-12 jamoasi fevral oyida ISS’ga uçirilişi rejalaştirilmoqda.
Bu voqea NASA tarixiga ilk bor astronavtlardan biri jiddiy kasal bölgani uçun butun missiya muddatidan oldin tugatilgani bilan yozildi.