Rossiyada bazi migrantlar «qimmatlagani» elon qilindi

Tojikiston, Özbekiston va boşqa sobiq ittifoqdoş respublikalardan kelgan mehnat migrantlari rossiyalik iş beruvçilarga Bangladeş, Xitoy, Hindiston va Janubiy va Şarqiy Osiyoning boşqa mamlakatlaridan kelgan işçilarga qaraganda qimmatroq tuşa boşladi. Bu haqda Mega-Personal autsorsing kompaniyasi rivojlaniş böyiça direktori Roman Ignatev malum qildi.
Uning sözlariga köra, quruvçi kompaniyalar işçilarni iloji boriça Rossiyadan uzoqroq ölkalardan qidirmoqda, çunki ular işlab çiqarişni arzonlaştirişga harakat qilmoqda.
«Bangladeş, Xitoy, Hindistondan kelgan odamlar oyiga 700-800 dollar işlab topişni xohlaydi. Agar biz MDH fuqarolarini, yani öşa patent egalarini olsak, ular kamida 1000 dollar va undan köproq pul işlaşni xohlaydi», deb tuşuntirdi Ignatev.
Qayd qilinişiça, Osiyodan kelgan kadrlarga qiziqiş sönggi yillarda ortib bormoqda, çunki içki bozorda işçi qöllarining surunkali tanqisligi yuzaga kelgan, dedi Ex Libris aloqa agentligining boşqaruvçi hamkori Ivan Riçkov. Quriliş tannarxini uşlab turiş kerak, şuning uçun Bangladeş, Hindiston, Xitoy, Vetnam va Şri-Lanka kabi viza rejimi örnatilgan mamlakatlardan kelgan quruvçilar, montajçilar, sanoat va infratuzilma obektlari uçun işçilar jozibali körinadi.
Rossiya prezidentining barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş uçun xalqaro taşkilotlar bilan aloqalar böyiça maxsus vakili Boris Titov avvalroq takidlaganidek, Hindiston ulkan işçi kuçi resursiga ega va bu borada Rossiyaga yordam berişi mumkin. Dubay asosan hindistonlik işçilar, memorlar va developerlar tomonidan qurilgan va umuman olganda, mehnat migratsiyasi Hindiston uçun «valyuta tuşumlarining kuçli manbaidir», deb eslatdi u.
Sönggi yillarda Rossiya hindistonlik migrantlar uçun kvotani köpaytirmoqda. Masalan, joriy yilda bu körsatkiç 17,7 ming kişini taşkil etib, tört yil oldingiga nisbatan 22 barobar oşgan.