Xitoy Rossiyadan elektr energiyasi xaridini töxtatdi
16-01-2026, 22:42
167 марта

Xitoy Rossiyadan elektr energiyasi xaridini töxtatdi
Xitoy 1 yanvardan boşlab Rossiyadan elektr energiyasi importini töliq töxtatgan va hatto şartnomada közda tutilgan minimal hajmni (taxminan 12 megavatt) ham sotib olişdan voz keçgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.Naşr suhbatdoşlariga köra, elektr energiyasini Xitoyga eksport qiliş 2026 yilda qayta tiklanişi ehtimoldan yiroq. Yetkazib berişning töxtatilişiga asosiy sabab sifatida eksport narxining oşib ketgani körsatilmoqda – u Xitoy içki elektr energiyasi narxidan yuqori bölib, Pekin uçun bunday xarid iqtisodiy jihatdan samarasiz.
“Inter RAO” Xitoyga Uzoq Şarqdan ortiqça elektr energiyasini eksport qilib kelgan. Xitoyning Davlat elektr tarmoqlari korporatsiyasi bilan şartnoma 2012 yilda tuzilgan bölib, u 2037 yilgaça amal qiladi. Şartnoma doirasida butun davr mobaynida Xitoyga qariyb 100 milliard kilovatt/soat, yani yiliga örtaça tört milliard kilovatt/soat elektr energiyasi yetkazib berilişi rejalaştirilgan.
“Hozirda tomonlar elektr energiyasi savdosini amalga oşiriş imkoniyatlarini faol örganmoqda. Rossiya tomoni taşabbusi bilan eksport şartnomasini bekor qiliş rejalaştirilmagan. Doimiy aloqada bölib turgan Xitoy tomoni ham şartnomani bekor qilişga qiziqiş bildirmayapti”, deydi “Inter RAO” vakili.Kompaniya, şuningdek, Uzoq Şarq energetika tizimida elektr energiyasiga bölgan talab tez suratlarda oşib borayotgani va generatsiya quvvatlari yetişmayotgani sababli eksport imkoniyatlari qisqarib, Xitoyga yetkazib beriş çeklanganini qayd etgan.
“Kommersant” malumotlariga köra, 2012-2020 yillarda Xitoyga elektr energiyasi eksporti hajmi yiliga örtaça uç milliard kilovatt-soatni taşkil etgan. 2021 yilda esa Xitoy şimoli-şarqiy hududlaridagi energiya tanqisligini qoplaş uçun eksportni oşirişni söragaç, yetkazib beriş 30 foizga köpaygan. Eng yuqori körsatkiçga 2022 yilda erişilgan – 4,7 milliard kilovatt/soat. Dastlab şartnoma ortiqça elektr energiyasini sotişga möljallangan bölsa-da, Uzoq Şarq energetika tizimidagi quvvatlar tanqisligi sabab 2023 yil avgustidan boşlab eksport kamayib borgan va 2025 yilda eng past darajaga tuşgan.
Gazeta suhbatlaşgan tahlilçilarning aytişiça, Rossiyadan Xitoyga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi mamlakatning içki işlab çiqariş körsatkiçlari bilan soliştirganda juda kiçik bölgan, şu bois “energetik balans nuqtai nazaridan Xitoy bu hajmni muammosiz qoplay oladi”.