Tramp Ukraina mojarosida Rossiyaga yon bosyapti – “The Guardian”
20-01-2026, 14:54
270 марта

Tramp Ukraina mojarosida Rossiyaga yon bosyapti – “The Guardian”
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Ğazo böyiça “Tinçlik kengaşi”ga kiriş taklifi Amerika yetakçisi Donald Trampning Ukrainadagi mojaroda Rossiya pozitsiyasiga moyilligini körsatadi. Bu haqda Britaniyaning “The Guardian” gazetasi yozdi.Rossiya Prezidentining nafaqat Yaqin Şarqda, balki potentsiali butun dunyoda tartib örnatilişini kuzatib borişi kerak bölgan global organga kiritilişi, Trampning Ukraina mojarosida Rossiya tomonga oğayotgani haqidagi nazariyalarga katta ahamiyat beradi, deb hisoblaydi gazeta.
Ğazo böyiça “Tinçlik kengaşi”ga azo böliş taklifi köplab xorijiy davlatlar yetakçilariga, jumladan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga ham yuborilgan. Rossiya yetakçisining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning malum qilişiça, bu taklif örganilmoqda.
Tramp Isroil va Falastinning HAMAS radikal harakati örtasidagi kelişuvlarga muvofiq Ğazo sektorini boşqarişni öz zimmasiga olişi kerak bölgan uşbu xalqaro taşkilotga raislik qilmoqçi.
“The Wall Street Journal” gazetasi malumotlariga köra, “Tinçlik kengaşi” nizomi loyihasida u nafaqat Ğazo sektori, balki mojarolardan jabr körgan boşqa hududlar bilan ham şuğullanişi mumkinligi nazarda tutilgan.