USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Karib dengizi qaroqçilari”. AQŞ yana bir kemani qölga oldi

351 марта

“Karib dengizi qaroqçilari”. AQŞ yana bir kemani qölga oldi

AQŞ harbiylari Karib dengizida Venesuelaga qarşi joriy etilgan blokadani buzgan navbatdagi – yettinçi neft tankerini qölga oldi. Bu haqda keça, 20 yanvar kuni AQŞ Qurolli kuçlarining Janubiy qömondonligi xabar berdi.

Xabarga köra, Sagitta nomli tanker AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan çeklovlarni buzgan. Kema AQŞ harbiylari tomonidan Içki xavfsizlik vazirligi bilan hamkorlikda nazoratga olingan. Janubiy qömondonlikning takidlaşiça, operatsiya davomida heç qanday hodisa yuz bermagan, yani ölim va jarohatlar qayd etilmagan. 

AQŞ rasmiylari Venesueladan çiqayotgan neft faqat qonuniy va belgilangan tartibda yetkazib berilişini taminlaşga qatiy qaror qilganini bildirgan.
“VesselFinder” malumotlariga köra, Sagitta tankeri Panama bayroği ostida suzadi va AQŞ, Yevropa Ittifoqi hamda Buyuk Britaniyaning sanktsiya röyxatlariga kiritilgan. Şu bilan birga, “MarineTraffic” portali xuddi şu nom va raqamga ega tanker Liberiya bayroği ostida yurişini körsatmoqda.

Bu Venesuela neftini eksport qilişda iştirok etayotgan tankerlarni taqib qiliş doirasida AQŞ harbiylari tomonidan qölga olingan yettinçi kema hisoblanadi.

AQŞning asosan Karib dengizida ötkazayotgan uşbu operatsiyalari jamoatçilikning keskin etirozlariga sabab bölgan. Bazilar Amerikaning harakatlarini “aqldan oziş” deya baholagan bölsa, yana bazilar Tramp mamuriyatini “Karib dengizining qaroqçilari”ga tenglaştirgan. 

7 yanvar kuni, dastlabki holatlardan biri sifatida, Rossiya kompaniyasiga tegişli Marinera (Bella 1) tankeri uşlangan edi. Uşbu kema ikki haftadan ortiq vaqt davomida AQŞ qirğoq qöriqlaş xizmati kemasidan qoçib yurgan. Rossiya tomoni bu hodisani noqonuniy kuç işlatiş, deb baholagan. Moskva malumotiga köra, Vaşington ekipaj tarkibidagi ikki nafar Rossiya fuqarosini ozod qilişga vada bergan, biroq 20 yanvar kuni Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bu vada bajarilmaganini aytdi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: