Xodim bonus sabab xöjayinini piçoqlab öldirdi
21-01-2026, 10:54
910 марта

Xodim bonus sabab xöjayinini piçoqlab öldirdi
Yaponiyada bir erkak yillik bonus miqdoridan norozi bölgani sababli öz xöjayinini piçoqlab öldirdi. Bu haqda “The Japan Times” naşri xabar berdi.Politsiya malumotlariga köra, 45 yoşli gumondor Masahiro Yamanaka kompaniyada savdo menejeri bölib işlagan. U söroq çoğida jinoyatni tan olib, xöjayini Akihiro Kavaşima bilan munosabatlardan, xususan, yillik bonus miqdoridan norozi bölganini bildirgan.
Tergov malumotlariga köra, Yamanaka jabrlanuvçining kvartirasiga kirib, avval uning yuziga insektitsid purkagan, söngra soni va böyniga bir neça bor piçoq urgan.
Sud-tibbiy ekspertiza Kavaşimaning böyin, qorin va son sohalarida öndan ortiq piçoq jarohati borligini aniqlagan. Şuningdek, uning qöl barmoqlarida himoya jarohatlari qayd etilgan bölib, bu jabrlanuvçi qarşilik körsatişga uringanidan dalolat beradi. Kvartiraning bir neçta xonalarida, jumladan, hammomda ham qon izlari topilgan. Tergovçilar gumondor hujumdan söng qon izlarini yuvişga uringan, degan xulosaga kelgan.
Politsiya, şuningdek, Yamanaka jinoyatdan oldin va keyin kiyimlarini almaştirgan deb hisoblamoqda. Xavfsizlik kameralarida u uyidan qora kiyimda çiqib ketgani, jabrlanuvçi yaşagan binoga oq kurtka va boşqa poyabzalda kirgani, söngra yana kiyimini almaştirib hududni tark etgani aks etgan. Tergovçilarga köra, u kvartira eşigini içkarida qolgan kalit yordamida qulflab, kalitni poçta qutisiga taşlab ketgan.