USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada özbekistonlik migrant kar-soqov erkakni urib öldirdi

1 244 марта

Rossiyada özbekistonlik migrant kar-soqov erkakni urib öldirdi

Moskva viloyatining Şyolkovo şahrida Özbekiston fuqarosi 49 yoşli kar-soqov erkakni kaltaklab öldirdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Malum qilinişiça, voqea 20 iyul kuni sodir bölgan. Tergov malumotlariga köra, jabrlanuvçi axlat konteynerlari yonidan ötayotganida, u yerda mahalliy boşqaruv kompaniyasida işlovçi ikki özbekistonlik işçi çiqindilarni kovlayotgan bölgan. Kar-soqov erkak imo-işoralar orqali noroziligini bildirgan – taxmin qilinişiça, u ularning axlatni titkilayotganiga etiroz bildirgan. Biroq migrantlarning aytişiça, ular uning imo-işoralarini tajovuz sifatida tuşungan.
Işçilardan biri spirtli içimlik tasirida bölgan holda, erkakning ikki marta qorniga va bir marta boşiga zarba bergan. Hujumga uçragan erkak esa unga qarşi heç qanday qarşilik körsatmagan. Jabrlanuvçi yiqilib, yerga qattiq urilgan. Şundan söng, hujum qilganlar jinoyat izlarini yaşirişga harakat qilgan – ular jabrlanuvçining jasadini butalarga tortib olib borib, voqea joyidan qoçib ketgan. 
Şu bilan birga, jabrlanuvçining telefoni va şaxsiy buyumlariga tegilmagan, bu holat voqeani öğirlik bilan boğliq emasligini körsatadi.

Tergovçilar kuzatuv kameralari yordamida gumonlanuvçining şaxsini aniqlaş va voqea tafsilotlarini töliq tiklaşga muvaffaq bölgan. 

Keyinçalik aniqlanişiça, ayblanuvçi – 26 yoşli Özbekiston fuqarosi Rossiya hududida noqonuniy tarzda bölgan. Hozirda u hibsga olingan va unga nisbatan “odamga qasddan oğir tan jarohati yetkaziş, ehtiyotsizlik oqibatida uning ölimiga sabab böliş” moddasi böyiça ayblov qöyilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: