Afğonistonda qor böronlari oqibatida 60 dan ortiq odam halok böldi
24-01-2026, 22:50
123 марта

Afğonistonda qor böronlari oqibatida 60 dan ortiq odam halok böldi
Afğonistonda kuçli qor böronlari oqibatida kamida 61 kişi halok böldi, 110 kişi jarohat oldi. Bu haqda bugun, 24 yanvar kuni Afğoniston Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş milliy boşqarmasi (ANDMA) xabar berdi.Idora matbuot xizmati xabariga köra, sönggi uç kun içida mamlakatning turli viloyatlarida kuçli yomğir va qor yoğişi oqibatida 61 kişi vafot etgan, yana 110 kişi turli darajada tan jarohati olgan.
ANDMA malumotlariga köra, qurbonlar va jabrlanganlar haqidagi xabarlar Qobul, Parvon, Panjşer, Bomiyon, Daykundi, Maydan-Vardak, Ğazni, Hirot, Ğor, Badğis, Faryob, Sari-Pul, Balx, Samangan va Nuriston viloyatlaridan kelib tuşgan.
Şuningdek, tabiiy ofat oqibatida 458 ta uy töliq yoki qisman vayron bölgan, buning oqibatida 360 ta oila zarar körgan. Qişki ofatlar – muzlab yoqqan yomğirlar, böron va qor böronlari sababli 620 boş çorva mollari ham nobud bölgan.
ANDMA’ning qayd etişiça, 20 dan 23 yanvargaça davom etgan qor böronlari, ayniqsa infratuzilmasi zaif, tabiiy ofatlarga çidamsiz toğli va qişloq hududlarida katta zarar yetkazgan.
Hozirda mamlakatdagi deyarli barça asosiy avtomagistrallar, şuningdek, viloyatlararo ikkilamçi yöllar qor uyumlari sababli yopilgan, qor köçkilari xavfi mavjud. Bundan taşqari, elektr uzatiş liniyalari uzilişi va ustunlar qulab tuşişi oqibatida Afğonistonga çetdan import qilinadigan elektr energiyasi yetkazib berilişi töxtagan.